Reja: Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari
Download 22.67 Kb.
|
Analitik kimyo fani va uning uslublari
Analitik kimyo fani va uning uslublari Reja:
1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari 3. Analitik reaksiyalarining sezgirligi va o`ziga xosligi 4. Kation va anionlarni guruhlarga bo’linishi 1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublariAnalitik kimyo-har hil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o’rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy tahlil usullariga bo’linadi. Sifat tahlili- tahlil qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o’rgatadi. Miqdoriy tahlil - aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o’rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat tahlil qilinib, so’ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi. Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho’kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo’lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Tahlil jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Tahlilning fizik-kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar hilma-hil murakkab tuzilishga ega bo’lgan asboblarni qo’llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy tahlil uslublari qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham kengdir. Analitik reaksiyalar bajarishda, ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat tahlili usullari 1955-yildan boshlab quyidagicha nomlanadigan bo’ldi.
Kimyoviy tahlil ko’pincha yarimmikro usulda bajariladi, bunda reaktivlar kam sarflanib, kichik hajmli idishlardan foydalinish mumkin. Agar tahlil to’gri bajarilgan bo’lsa, yarimmikro usulda juda aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy tahlil qilishga asosan yarimmikrotahlil (santigramm) usulidan foydalaniladi. Download 22.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling