Reja: Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari
Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari
Download 22.67 Kb.
|
Analitik kimyo fani va uning uslublari
2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari
Kuzatish mumkin bo’lgan effekt sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiya analitik reaksiya deyiladi. Effekt deganda cho’kmani hosil bo’lishi yoki erishi, eritmani rangini o’zgarishi, gazsimon moddalarni hosil bo’lishi tushuniladi. Analitik reaksiyalar ho’l va quruq usullarda olib boriladi. Modda quruqligida tahlil qilinsa, quruq usul, eritib tahlil qilinsa ho’l usul deyiladi. Modda suvda, kislotada yoki ishqorda eritiladi va hosil bo’lgan eritmadan izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar orqali topiladi. Ma’lumki, bu moddalar elektrolitlardir, yani ular suvdagi eritmalarda ionlarga dissotsialangan bo`ladi. Shu sababli ho`l usul bilan o`tkaziladigan reaksiyalar, odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o`rtasida boradi. Binobarin, bu reaksiyadan foydalanib, to`g`ridan to`gri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi. Topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi. Reaksiyalarni amalga oshirishda ayrim ionlar muhim vazifani bajaradi, qolgan ionlar esa reaksiyaga kirishmaydi. Masalan: BaCl2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HCl Ba(NO3)2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaNO3 Ba(CH3COO)2 + ZnSO4 = BaSO4 + Zn(CH2COO)2 Barcha reaksiyalarda oq cho’kma BaSO4 hosil bo’ladi. Yuqorida keltirilgan uchala reaksiyani qisqartirilgan ionli tenglamasini Ba2++SO42- =BaSO4 holida ifodalash mumkin. Demak, Ba2+ ioni yordamida SO42- ionini, aksincha SO42- ioni bilan Ba2+ ionini aniqlash mumkin. Analitik reaksiyalarni o’tkazishda harorat ta'sir ko’rsatadi. Ba'zi bir reaksiyalar sovuqda, ayrimlarini esa, xona haroratida, yana boshqalarini qizdirish bilan olib borishga to’g’ri keladi. Download 22.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling