Reja: Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari


Kation va anionlarni guruhlarga bo’linishi


Download 22.67 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1255060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitik kimyo fani va uning uslublari

4. Kation va anionlarni guruhlarga bo’linishi
Tizimli tahlil qilishda ionlar murakkab aralashmadan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh tarzida ajratiladi. Bunda ularni reagenti deb ataluvchi ba’zi reaktivlar ta’siriga bir hil munosabatda bo’lishidan foydalaniladi. Guruh reagentiga quyidagi talablar qo’yiladi: Kationlarni amalda to’liq cho’ktirishi; keyingi tahlillarni o’tkazish uchun hosil bo’lgan cho’kma kislotalarda oson eriydigan bo’lishi; ortiqcha qo’shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni topishga xalaqit bermasligi kerak.
Kationlarning analitik guruhlarga bo’lishining bir necha usullari bor. Ulardan eng qulayi va ko’proq tarqalgani-vodorod sulfidi va kislota asosli usullaridir.
Vodorod sulfidli usulni 1871-yilda N.A. Menshutkin taklif qilgan.

Sulfidlari suvda eruvchan

Sulfidlari suvda erimaydi yoki suv ta'siridan erimaydigan gidroksidlar hosil qiluvchi

Karbonatli tuzlari suvda

Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi yoki suv ta'siridan
kislotalarda eriydigan gidroksidlar hosil

Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda erimaydi

eruv chan

erimay
digan

I guruh

II guruh

III qiluvchiGuruh

IV Guruh

V Guruh

K+,
Na+, NH4+,
Mg2+
Guruh

2+
Са ,
Sr2+,
Ba2+Guru
h
reagenti

Al3+, Cr3+, Fe3+, Fe2+,
Mn2+, Co2+, Zn2+,,
Ni2+,Guruh reagenti (NH4)2S

Ag+, Pb2+,
Hg22+
Cu2+, Cd2+,
Bi3+
Guruh

As3+, As5+,
Sb3+, Sb5+,
Sn2+, Sn4+
Guruh reagenti Na2S

Manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deb ataladi. Masalan, Сl-, SO42-, NO3-va hokazo.
Kationlardan farqli o’laroq, barcha anionlarni tekshirilayotgan eritmadan bo’lib - bo’lib tahlil qilish mumkin. Guruh reagentlari anionlarni guruhlarga ajratish uchun emas, ularni topish uchun ishlatiladi. Ushbu qo’llanmada anionlar, ularga BaC12 va AgNO3 ning ta'siriga ko’ra uch guruhga, ajratilgan.
Kationlar, asosan, bitta atomdan tashkil topgan bo’lsa, anionlar murakkab tarkibli ionlardir, ya’ni ular bir yoki bir nechta atomlardan tarkib topgan. Masalan, CH3COO-, SCN-, SO42-, B4O72-, Cr2O72-, CO32-, PO43-. Anionlar kationlardan farq qilib, ko’pincha bir-birining topilishiga halal bermaydi. Shuning uchun anionlar eritmani bo’lib-bo’lib tekshirish usuli yordamida, ya’ni tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushlaridan topiladi. Anionlar aralashmasini tahlil qilishda guruh reagentlari odatda guruhlarni bir-biridan ajratish uchun emas, balki guruhlarning boryo’qligini aniqlab olish uchun qo’llaniladi. Agar biror guruh anionlarining yo’qligi aniqlansa, shu guruhga kiradigan ayrim anionlarni topish uchun reaksiya o’tkazilmaydi. Shunday qilib, anionlar guruhini topish reaksiyalari umumiy tahlilni ancha osonlashtiradi. Yuqorida anionlarning ko’pchilik reaksiyalari bilan tanishilgan edi.
Masalan, Ba2+, Pb2+ kationlari SO42- va CrO4 2- anionlari yordamida topilgan edi. Aksincha, bu anionlarni bariy va qo’rg’oshin tuzlari yordamida topish mumkin. Shunga o’xshash Ag+ ionining reagenti Сl- ioni bo’lgani holda Сl- ionini Ag+ yordamida topish mumkin.
Anionlar sinflanishi, asosan, anionlarning bariy va kumushli tuzlari eruvchanliklarining bir-biridan farq qilishiga asoslangan. Anionlarning ko’pchiligi bo’lib - bo’lib tahlil qilish usulida ochiladi. Eng ko’p tarqalgan sinflanishiga ko’ra anionlar uch guruhga bo’linadi.

  1. I -Analitik guruh anionlari:SO42-, SO32-, S2O32-, SiO32-, CO32-, PO43-, AsO43-, BO22-, CrO42-, Cr2O72-, C2O42-. Bu anionlarning bariyli tuzlari suvda qiyin eriydi. Guruh reaktivi — neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda BaCl2.

  2. II -Analitik guruh anionlari: Сl-, Br-, J-, S2-, SCN-, [Fe(CN)6]4-, [Fe(CN)6]3-, CN-, BrO3-, JO3-, C1O3-. Bu anionlarning kumushli tuzlari suvda va suyultirilgan nitrat kislotada qiyin eriydi. Guruh reagenti - 2n -li HNO3 ishtirokida AgNO3.

  3. III - Analitik guruh anionlari: NO3-, NO2-, CH3COO-, MnO4- va boshqalar. Bu anionlarning bariyli va kumushli tuzlari suvda juda yaxshi eriydi. Guruh reagentga ega emas.


Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling