Reja: Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari


Download 22.67 Kb.
bet5/5
Sana09.03.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1255060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitik kimyo fani va uning uslublari

Kationlarni sinflanishini davriy tizim bilan bog’liqligi. Kationlarni vodorod sulfidli sinflanishi bilan elementlar davriy sistemasi orasidagi bog’liqlikni ko’rib o’taylik. Tahlil davomida karbonatlar, gidroksidlar va sulfidlar holida cho’kadigan kationlar, ularning ba’zilarini hisobga olmaganda, davriy tizimda qonuniy ravishda joylashgan. I va II analitik guruh kationlari Na+, K+, Mg2+, Ba2+, Sr2+, Ca2+, davriy tizimdagi o’sha guruhning asosiy guruhchasida joylashgan. Ammoniy sulfid ta’sirida gidroksidlar holida cho’kadigan uchinchi analitik guruh kationlari Al3+, Cr3+ davriy tizim III va IV guruhlarining chap tomonida joylashgan. Ammoniy sulfid ta’sirida sulfidlar holida cho’kadigan III analitik guruh kationlari Fe2+, Fe3+, Cr3+, Ni2+, Co2+, Mn2+, Zn2+ esa, asosan, to’rtinchi katta davrning o’rtasida joylashgan. Qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiluvchi IV analitik guruh kationlar Cu2+, Cd2+, Bi3+, Sn2+ davriy tizimning o’ng tomonida katta davrlarning birinchi yarmida VI guruhdan boshlab joylashadi va shu guruhning ikkinchi yarmida tugaydi. Xloridlar hosil qiluvchi V analitik guruh kationlari Ag+, [Hg2]2+, Pb2+ davriy tizimning chap tomonida joylashgan. Agar tegishli kationlar elektron qavatining tuzilishiga e’tibor bersak, birinchi va ikkinchi analitik guruhning natijalari, shuningdek, uchinchi guruhning (NH4)2S ta’sirida gidroksidlar holida cho’kadigan kationlar, inert gazlar kabi, 2 yoki 8 elektonli tugallangan tashqi elektron qavatga ega ekanligini ko’rish mumkin. Qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiluvchi uchinchi va beshinchi analitik guruh kationlari esa tugallangan tashqi qavatga yoki 8 ta elektrondan 18 ta elektronga o’tuvchi tugallanmagan elektron qavatga yoki tashqi ikkita qavatida 18+2 elektronga ega bo’ladi.
Tashqi tugallanmagan elektron qavatidan oldingi qavatida 8 ta elektron bor kationlar odatda, kislotalardan (masalan, HCl) eriydigan sulfidlar hosil qiladi, ya’ni uchinchi analitik guruhga kiradi. Tashqi tugallanmagan elektron qavatidan oldingi qavatda 18 ta elektron bor,
kationlar esa kislotalarda qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiladi, ya’ni to’rtinchi va beshinchi analitik guruhlarga kiradi. Ba’zan bu qonuniyatlardan chetga chiqish hollari ham uchraydi. Masalan, Mg2+ kationini elementlar davriy tizimida tutgan o’rniga qarab ikkinchi guruh kationlari qatoriga kiritish kerak edi. Haqiqatan ham CaCO3, SrCO3, BaCO3 -lar kabi magniy karbonat ham suvda qiyin eriydi. Lekin u ammoniy tuzlarida eriydi va shuning uchun ham uni (NH4)2CO3 ta’sirida to’liq cho’ktirib bo’lmaydi. Shunga ko’ra Mg2+ ionini I guruh bilan birga eritmada qoldirish maqsadida I-II guruhni ammiakli buffer eritma (NH4OH va NH4Cl) ishtirokida cho’ktirsh kerak, Mg2+ ionining I guruh kiritilishiga sabab ham ana shu.
Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling