(6-bo‘limning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Jismoniy tarbiya-sport mavzuidagi varaqlama va cho‘ntak taqvimlari, bukletlar, otkritkalar, ma’lumotnomalar, “sportga doir rasmlar”, “kichkintoylar uchun jismoniy tarbiya” kabilarni bo‘yash uchun bolalar kitobchalarini ko‘p nusxada nashr etish va Olimpiya shon-shuhrati muzeyining sportchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
2.7. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish
Millatni sog‘lomlashtirish va sportda yuksak natijalarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladigan mablag‘ bilan ta’minlash manbai sifatida davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z xodimlarini va ularning oila a’zolarini yuqori darajada sog‘lom va jismoniy rivojlangan holatda tutishdan manfaatdor bo‘lgan kasaba uyushmalari tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar mablag‘larini jalb etish nazarda tutiladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda mablag‘ bilan ta’minlashning yangi manbalaridan foydalanish vazifasini qo‘yadi, ulardan quyidagilar mo‘ljallangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |