Reja: kirish voha axоlisi shaharlar mavqeining o‘sishi. Voha urbanizatsiya haqida tushuncha
Mahalliy hokimiyat organlarining past salohiyati va ular ixtiyoridagi resurslarning taqchilligi shaharlarni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklamoqda
Download 45.71 Kb.
|
REJA
Mahalliy hokimiyat organlarining past salohiyati va ular ixtiyoridagi resurslarning taqchilligi shaharlarni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklamoqdaShaharlarni rivojlantirishda shahar va tuman hokimliklarining roli xususida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. “Gazeta.uz” maqolasini o‘qir ekansiz, Jahon banki hisobotida tilga olingan shaharlar ma’muriyati tegishli hududlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning uddasidan chiqa olmayotgandek taassurot uyg‘onadi. Biroq, bu xulosalarimizning to‘laqonli to‘g‘ri talqini emas. Hisobotimizda Piskent va Ohangaron shaharlari misolida bugungi kunda shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va tegishli hududlar iqtisodiyoti o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli mablag‘ va vositalarga ega emasligini ko‘rsatib berishni maqsad qilganmiz. Mazkur muammo tizimli xarakterga ega bo‘lib, nafaqat nomlari ko‘rsatilgan ikkita shahar, balki butun mamlakat miqyosidagi vaziyatga taalluqlidir. Bir tomondan, sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari joylarda taraqqiyotning dvigateliga aylanishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ushbu dasturlar doirasida investorlarga zarur infratuzilma taqdim etilmagan taqdirda, mahalliy hokimiyat organlarida ko‘p hollarda bu vaziyatni ijobiy hal etish uchun zarur resurslar mavjud bo‘lmaydi. Yana bir misol, Piskent singari (shahar Toshkent dengizi deb ham yuritiluvchi Tuyabo‘g‘iz suv ombori yaqinida joylashgan) turistik salohiyati mavjud bo‘lgan shahar misolida olib qaralsa, mahalliy budjetlarni moliyalashtirishning amaldagi tizimi sharoitida tegishli hududlarning hokimiyat organlari turizm sanoatini rivojlantirish, shu jumladan tegishli infratuzilmani yaratish uchun yetarli resurslarga ega emas. Hisobotimizda 2018-yilda boshlangan davlat tomonidan moliyalashtirish tizimini isloh qilish hamda hukumatning shahar va tumanlar hokimliklarini ko‘proq resurslar bilan ta’minlashga intilishi — davlat boshqaruvi tizimini nomarkazlashtirish va mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirish sohasidagi mustaqilligini oshirishga qaratilgan muhim qadam ekanligi ta’kidlangan. Biroq, davlat tomonidan moliyalashtirishning mavjud tizimi hozircha mahalliy hokimiyatlarga o‘zlarining kelgusidagi tushumlarini, aytaylik, kelgusi bir necha yil uchun prognoz qilish imkonini bermaydi. Bu ular uchun yirik kapital qo‘yilmalarni talab qiluvchi shahar infratuzilmasi va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli investitsiya loyihalarini rejalashtirish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bu vaziyatda muammoning ildizi yana tizim darajasida bo‘lib, tegishli hududlarning rivojlanmaganligida alohida hokimliklarni ayblash mutlaqo o‘rinli emas. Download 45.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling