Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet24/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

II. Ishlatilish sohalariga ko‘ra: uglerodli konstruksion po‘latlar; uglerodli asbobsozlik po‘latlari.
Konstruksion po‘lat oddiy uglerodli konstruksion po‘latlar va sifatli po‘latga bo‘linadi.
Oddiy konstruksion po‘latlardan qizdirib prokatlangan sortaviy, fason, listaviy va enli (universal) po‘lat DS 380 – 60 ga ko‘ra suyuqlantirib olinadi (28 – rasm). Bunday po‘lat marten pechlarida (rusumlanishda M harfi qo‘yiladi), bessemer konvertorlarida havoni haydash yo‘li bilan (rusumlanishida B harfi qo‘yiladi) va kislorod tepasidan haydaladigan konvertorlarda (K harfi) ishlab chiqariladi.
Oksidsizlantirish (qaytarilish) darajasini ko‘tarish uchun rusum belgisining oxiriga «kp» indeksi (kipyashaya – qaynaydigan), «ps» (poluspokoynaya – chala qaynaydigan), «sp» (spokoynaya – sokin, qaynamaydigan) indekslari qo‘yilgan. Tartib raqamlari 1; 2; 3; 4; bo‘lgan barcha guruh po‘latlari qaynamaydigan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan qilib, 5; 6; 7 rusumlari esa chala qaynaydigan va qaynamaydigan qilib tayyorlanadi.
0 – 7 raqamlari rusumning po‘lat mexanikaviy xossalari va kimyoviy tarkibiga qarab qo‘yiladigan shartli tartib raqamidir (ammo bu raqamlar uglerod miqdorini bildirmaydi).
Bu po‘lat ishlatilishiga va kafolatlangan xossalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: A guruh po‘latlari – mexanikaviy xossalari ham kafolatlangan po‘latlar, B guruh po‘latlari – kimyoviy tarkibi kafolatlatgan po‘latlar, V guruh po‘latlari – mexanikaviy xossalari ham, kimyoviy tarkibi ham kafolatlangan po‘latlar. A guruh po‘latining ishlab chiqarilish usuli rusumlashda ko‘rsatilmaydi, faqat sertifikatda aytiladi. V guruh po‘latiga unga yuqori talablar qo‘yilganidan marten pechlarida (M) yoki toza kislorod haydaladigan konvertorlarda (K) suyuqlantirib olinishi mumkin.
Uglerodli sifatli konstruksion po‘latlar qizdirib prokatlangan va bolg‘alangan po‘lat DS 1050-60 ga ko‘ra marten pechlarida va elektr pechlarda suyuqlantirib olinadi (qaynamaydigan, qaynaydigan va chala qaynaydigan po‘latlar). Sifatli konstruksion po‘lat bir jinsliligi jihatidan oddiy konstruksion po‘latdan ustun turadi, bu po‘latda oltingugurt bilan fosfor, metallmas qo‘shilmalar va uglerod miqdorlari chegarasi ancha kam bo‘ladi. Bu po‘latdan mashina va mexanizmlarning muhim detallari, sifatli lentalar, sim quvurlar, pokovka va shtampovkalar tayyorlanadi. Po‘lat rusumdagi ikki xonali raqamlar uglerod foizining yuzdan bir ulushlarida ifodalangan o‘rtacha miqdorini bildiradi. Tarkibidagi marganetsning miqdoriga qarab, po‘lat ikki guruhga bo‘linadi: I guruh – tarkibidagi marganets miqdori oshirilgan po‘latlar, II guruh – tarkibidagi marganets miqdori oshirilmagan po‘latlar.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlarining ham DS 1435-54 ga ko‘ra, yettita, rusumi bor. Ular mana bunday belgilanadi: U7, U8, U9, U10, U11, U12, U 13; yuqori sifatli asbobsozlik po‘latlari quyidagi rusumlarga bo‘linadi: U7A, U8A, U9A, U10A, U11A, U12A, U13A.
Asbobsozlik po‘latlarining belgilaridagi «U» harfi po‘latning uglerodli po‘lat ekanligini bildiradi, bu harfdan keyin turgan raqamlar o‘nga taqsim qilinsa, po‘lat tarkibidagi uglerodning foiz hisobidagi miqdori chiqadi.



24-rasm. Asbobsozlik po‘latlaridan yasaladigan temirchilik slesarlik asboblari.

Masalan, U8 rusumli po‘lat uglerodli po‘lat bo‘lib, undagi uglerodning miqdori taxminan 0,8 % dir. Rusumdagi «A» harfi po‘latning yuqori sifatli ekanligini ko‘rsatadi.


4-jadvalda asbobsozlik po‘latlarining rusumlari va o‘rtacha mexanik xossalari keltirilgan.
4 - jadval

Ko‘rsatkichlar

Po‘latlarning rusumi

U7, U7A

U8, U8A


U9, U9A

U10, U10A

U12, U12A

U13, U13A

Uglerod miq-dori % hiso-bida

0,60-0,74

0,75-0,85

0,86-0,99

0,95-1,09

1,1-1,25

1,26-1,4

Termik ishlan-gandan so‘ng Rokvell bo‘yicha qattiqligi

37-40

37-40
60-62

60-62

61-63

62-64

63-65

Asbobsozlik po‘latlarida uglerod miqdorining ortib borishi bilan po‘latning qattiqligi ham ortadi, ammo bunda po‘lat mo‘rt bo‘lib boradi. Shuning uchun zarb bilan ishlovchi asboblar, chunonchi, zubilo, bolg‘a, temirchilik shtamplari, bolta, tesha va boshqalar U7 rusumli po‘latdan yasaladi. Metallarni sovuqlayin shtamplashda ishlatiladigan shtamplar, keskichlar va shunga o‘xshash asboblar U8 va U9 rusumli po‘latlardan yasaladi. Ish jarayonida zarb yemaydigan asboblar, masalan, parma, freza, metchik, plashka, razvertka, zenker va boshqalar yanada qattiqroq po‘latlardan – U10, U11 yoki U12 rusumli po‘latlardan ishlanadi (25 – rasm) .

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling