Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Legirlangan konstruksion po‘latlar


Download 3.73 Mb.
bet25/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Legirlangan konstruksion po‘latlar.
Bunday po‘latlar DS 4543 – 71 bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu po‘latlarning tarkibida ham temir-uglerod va legirlovchi elementlar bo‘ladi. Bunday po‘latlar legirlovchi elementlarning foydalanishiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: xromli (15X, 15XA, 20X, 38XA va boshqalar); marganetsli (15G, 20G, 45I, 3512 va boshqalar); xrom-marganetsli (18XG, 20XGR, ZOXGT, 25XGM va boshqalar); xrom-kremniyli (33XS, 38XS, 40XC); xrom-molibdenli va xrom-molibden-vanadiyli (15XM, 30XM, 30XMA, 30XZMF va boshqalar); xrom-nikel-molibdenli (14X2NZMA, 20XN2M va boshqalar).
Po‘latlar o‘z kimyoviy tarkibi va xossalariga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: sifatli, yuqori sifatlisi – A, maxsus yuqori sifatlisi – Sh harflari bilan belgilanadi. Bu harflar (A, Sh) po‘lat rusumlarining oxirida quyiladi va Sh harfi qo‘yilganda esa tegishli po‘lat rusumi oxirida defis bilan ajratiladi. Masalan: sifatli – 30XGS, yuqori sifatli – 30XGSA, maxsus yuqori sifatli–30XGS–Sh,30XGSA–Sh va hokazo.
5 - jadval

Po‘latning nomi



Po‘latning rusumi

Po‘latning ximiyaviy tarkibi, % hisobida

Po‘latlarning ishlatilish sohalari

S

Mn

Si

Cr

Ni

W

V

Xromli po‘lat

20X

0,15-0,25

0,5-0,8

0,17-0,37

0,7-1,0

0,4 gacha




-

Tishli g‘ildiraklar, mufta kulachoklari va yeyilishga ishlovchi bir qator detallar

Xromli po‘lat

40X

0,4-0,5

0,5-0,8

0,17-0,37

0,7-1,0

0,4 gacha




-

Traktorning qattiq ishqalanishga ishlovchi detallari (orqa g‘ildirak o‘qi va boshqalar)

Xrom-mrganets-kremneyli po’lat

30X GS

0,25-0,35

0,8-1,1

0,9-1,2

0,8-1,1

0,3




-

Mashinalarning tishli g‘ildiraklari, vallar

Xrom-nikel-vol‘framli po’lat

18X NV

0,14-0,21

0,25-0,55

0,37

1,35-1,65

4,0-4,5

0,8-1,2

-

Tez alanuvchi vallar va boshqa muhim detallar

Kremneyli po‘lat

60 S

0,55-0,65

0,60-0,90

0,50-2,0

0,3

0,5




0,15-0,25

Mashina ressoralari, prujina va plastik talab qiladigan boshqa detallari

Yuqoridagilardan tashqari po‘latlar ishlov berish, turi va vazifalariga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi.


Po‘lat rusumlari quyidagicha o‘qiladi. Rusumdagi birinchi ikki raqam shu po‘lat tarkibida uglerodning yuzlik birligidagi miqdorini, harflar esa: R – bor, Yu – alyuminiy, S – kremniy, T – titan, F – vanadiy, X – xrom, G – marganes, N – nikel, M – molibden, V – vol‘framligini ifodalasa, harflardan keyingi raqamlar tegishli po‘lat tarkibida necha foiz miqdorda legirlovchi element mavjudligini, agar harflardan keyin raqamlar bo‘lmasa, tegishli legirlovchi element miqdori 1,5 % gacha mavjudligini ifodalaydi va hokazo.
Quyma yoki legirlangan konstruksion po‘latlar DS 977—75 bo‘yicha tayyorlanadi. Bunday po‘latlarning vakillariga 15L, 20L, ZOL, 35L, 45L, ZOGSL, 20G1FL, 45FL, 35XML, ZOXNML, 20DXL va boshqalar kiradi.
Bunday po‘latlarda ham birinchi ikki raqami tegishli po‘lat tarkibidagi uglerod miqdorining yuzdan bir ulushini (% hisobida) bildirsa L harfi esa uning quyma (lit‘yo) ekanligini bildiradi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling