Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet28/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Bosim bilan ishlash usullari.
Mashinasozlikda metallarni bosim bilan ishlashning qo‘yidagi usullari keng tarqalgan:
1. Prokatlash. Bunday tayyorlanma prokatlash mashinasining qarama-qarshi tomonga aylanuvchi silindrik juvalari orasidan ezib o‘tkazib ishlanadi. Bunda tayyorlanmaning ko‘ndalang kesim yuzasi kichrayib, bo‘yiga –uzayada (45-rasm, a). Bu usulda listlar, polosalar, chiviqlar, turli profilli mahsulotlar tayyorlanadi.
2. Kiryalash. Bunda tayyorlanma uning ko‘ndalang kesimidan kichik bo‘lgan, kirya-asbob teshigidan (ko‘zidan) tortib o‘tkaziladi (45-rasm, b). Bu usulda turli diametrdagi chiviqlar, simlar, quvurlar va shakldor boshqa buyumlar tayyorlanadi.
3. Presslash. Bunda tayyorlanma havoli silindrik konteynerga kiritilib, uning matritsa deb ataluvchi asbobi ko‘zidan puanson yorhamida siqib chiqariladi (45-rasm, v). Bu usulda turli o‘lchamli chiviqlar, trubalar va shakldor boshqa buyumlar tayyorlanadi.

45-rasm. Metallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullari.
a — prokatlash; b — kiryalash; v — presslash; g — erkin bolg‘alash; b — issiq hajmiy shtamplash; ye — sovuqlayin list shtamplash.


46-rasm. Yumshatilgan uglerodli po’latni qizdirish temperaturasiga ko’ra mexanik xossalarining o’zgarish grafigi.


4. Bolg‘alash. Bunda ko‘pincha zarur temperaturada qizdirilgan tayyorlanmani bolg‘aning pastki boyok muhrasiga (dastaki bolg‘alashda sandonga) qo‘yib, bolg‘aning ustki oyoq muhrasi bilan zarblanadi (45-rasm, g). Bu usulda val, shatun, tishli g‘ildirak va boshqa detallarning chala mahsulot (pokovka) lari olinadi.
5. Shtamplash. Bunda ko‘pincha zarur temperaturagacha qizdirilgan tayyorlanma shtampining pastki palla bo‘shlig‘iga qo‘yilib, bolg‘a babsiga o‘rnatilgan shtampning ustki palla bilan zarblanadi. Bunda tayyorlanma deformatsiyalanib, shtamp bo‘shlig‘ini to‘ldiradi (45-rasm, d). Bu usulda turli shaklli buyumlar (tishli g‘ildirak, tirsakli val va boshqa tayyorlanmalar) olinadi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling