Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet29/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

6. List shtamplash. Bunda list, lentalardan tayyorlangan zagotovkani matritsa-asbobga o‘rnatib, puanson bilan ezgan holda matrisa ko‘ziga kiritib kutilgan shaklga keltiriladi (45-rasm,g). Bu usulda skoba, qopqoq, avtomobil qanotlari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Bosim bilan ishlashning fizik asoslari.
Metallarni bosim bilan ishlash usullari metallarning plastikligiga asoslangan. Ma’lumki, turli metallarning plastikligi har xil bo‘lib, u metallning ichki tuzilishiga, ximiyaviy tarkibiga, strukturasiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Metallarning temperaturasi ko‘tarilgan sari (o‘ta qizdirilmasa) plastikligi ortadi (46-rasm). Tayyorlanma ta’sir etuvchi kuch qiymatiga, qo‘yilish xarakteriga, tezligiga va boshqa omillarga ko‘ra uning plastik deformatsiyalanish tezligi turlicha bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, agar tayyorlanma siquvchi kuchlar ta’siridagina ishlansa, plastik deformatsiya oson kechadi.
Deformatsiya tezligi ortganda zarur kuch ham ortishi lozim. Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, tayyorlanmaning plastiklik darajasiga ko‘ra, metallarni optimal rejimlarda ishlash texnika-iqtisodiy talablarga to‘la javob beradi.
Metallarning plastik deformatsiyalanish mexanizmi nihoyatda murakkab. Bunda tayyorlanmaning shakli, o‘lchamlari bilan o‘zgarib qolmasdan balki uning xossalari ham o‘zgaradi.
Ma’lumki, metallarni bosim bilan ishlashda ularning plastik darajasiga qarab qizdirib, ba’zan sovuqlayin ishlanadi.

47-rasm. Quyma metall tayyorlanmalarini qizdirib bosim bilan ishlashgacha (a) va ishlashdan keyingi (b) makrostrukturasi.
Deforatsiyalanish darajasining orta borishida donlar, keyin donlar oralig‘idagi metallmas qo‘shimchalar deformatsiyaga berila boradi (47-rasm).
Bunday jarayon modelini sxematik tarzda qirralari bilan yonma-yon qo‘yib taxlangan tangalarning bir oz qiyalatilgandagi vaziyatiga o‘xshatish mumkin. Bunda tangalar bir biriga nisbatan sirpanib siljishi bilan birga qiyalanish tekisligiga qarab bir oz buriladi ham.
Metallarni sovuqlayin bosim bilan ishlashda bu murakkab jarayondagi strukturviy o‘zgarish oqibatida uning puxtaligi, qattiqligi, elastikligi ortib, plastikligi kamayadi (48-rasm).

48-rasm. Po‘lat tayyorlanmalarni sovuqlayin bosim bilan ishlashgacha (a) va ishlashdan keyingi (b) mikrostrukturasi.

Bunday fizik puxtalanash naklyop deb ataladi.


Ma’lumki, metallarni (masalan, po‘latlarni 1000 0C gacha) qizdirib ishlashda donlar bog‘lanish puxtaligi kamayganligi sababli avval metallmas materiallar, keyin donlar deformatsiyalana boradi va qisman parchalanadi. Lekin po‘latning rekristallanishi (qayta kristallanish) sababli deformatsiyalanayotgan donlar ayni vaqtda qayta kristallanib, dastlabki holiga qaytadi. Metallmas materiallar esa deformatsiyalanganligicha qoladi, chunki ular qayta kristallanishga berilmaydi. Shu sababli tola yo‘nalishi bo‘yicha puxtaligi ortadi.
Metallarni bosim bilan ishlashdan oldin ularni qizdirishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad ularning plstikligini oshirish va demak, deformatsiyalanishga qarshilini kamaytirishdan iborat. Bosim bilan ishlanadigan metallarni qizdirish qurilmalri qizdirilayotgan metalning o‘ta qizishi yoki kuyishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning temperaturasini istalgan vaqtda bilishga imkon beradigan qizdirilayotgan metalni alanganing oksidlash ta’siridan himoya qiladigan, metallni sekin - asta va bir tekis qizdiradigan bo‘lishi kerak.
Qizdirsh qurilmalari jumlasiga alangali pechlar va elektrik pechlar kiradi.Issiqlik manbai vazifasini yoqilg‘i o‘taydigan pechlar alangali pechlar deyiladi.Alangali pechlar qattiq, suyuq yoki gaz yoqilg‘i bilan ishlaydi. Elektrik pechlarida issiqlik elektr energiyasida hosil bo‘ladi.
Alangali pechlar ish bo‘shlig‘ining hajmi katta bo‘lmaydi. Shuning uchun nisbatan kichikroq tayyorlanmalarni qizdirishda ishlatiladi.
Elektrik pechlar ham xuddi alangali pechlar kabi, kamerali yoki metodik bo‘lishi mumkin. Elektrik pechlar qarshilikli, induksion va kontaktli pechlarga bo‘linadi. Qarshilikli pechda issiqlik shu pech devoriga o‘rnatilgan qarshilik elementlaridan chiqadi. Kontaktli pechda tayyorlanmaga mis kontaktlar orqali katta (bir necha o‘n ming amper) kuchli va 1 – 12 Vattgacha kuchlanigli o‘zgaruvchan tok beriladi. Bunda tayyorlanma o‘z qarshilishi hisobiga qiziydi. Hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori Joul – Lens qonuniga ko‘ra quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Q = 0,24 I2 S ­RT kal,
SI sistemasida
Q = I­2 RT j
Bu yerda I – tok kuchi, R – tayyorlanma qarshiligi, T – tok o‘tish vaqti. Induksion usuldan asosan po‘lat tayyorlanmalarni qizdirishda foydalaniladi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling