Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet30/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Nazorat savollari
1.Nima sababdan bosim bilan ishlanganda detallar deformatsiyalanadigan bo‘lishi kerak?
2. Plastik deformatsiya vaqtida metallarda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
3. Rekristallanish jarayoni deb nimaga aytiladi?


12-MAVZU: Metallarni kesib ishlash to‘g‘risda asosiy tushunchalar. Tokarlik stanoklari.
REJA:
1. Metallarni kesib ishlash to‘g‘risida asosiy tushuncha berish.
2. Tokarlik, frezerlash stanoklari markalanishi
va texnik tasnifi.

  1. Tokarlik va frezerlash opertsiyalarini bajarilishi.

Tokarlik dastgohlarining tiplari.
Tokarlik gruppasidagi dastgohlarda murakkab shaklli, yo‘nilgan yuza juda aniq va toza bo‘lishi talab etiladigan xilma – xil detallar kesib ishlanishi mumkin. Tokarlik dastgohlari universal va ixtisoslashtirilgan dastgohlarga bo‘linadi. Universal tokarlik dastgohlarida silindrik, konussimon va shakldor yuzalarni bo‘ylama va ko‘ndalang surish bilan yo‘nish, silindrik va konussimon teshiklarni yo‘nib kengaytirish, sirtqi va ichki rezbalar qirqish, teshiklar parmalash, ularni zenkerlash va razvyortkalash mumkin. Tokarlik dastgohlarida har xil tip keskichlardan, parma, zenker, razvyortka, metchik va plashkalardan foydalaniladi.
Ixtisoslashtirilgan dastgohlar muayyan operasiyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir nomli (bir xil) detallar, masalan, pog‘onali valiklar yo‘nio‘da ishlatiladi. Shu sababli bu dastgohlardan seriyalab ishlab chiqarishda eng ko‘p foydalaniladi. Qishloq xo‘jalik mashinasozligida va qishloq xo‘jalik mashinalarini ta’mirlashda keng ko‘lamda ishlatiladigan dastgohlar universial tokarlik dastgohlaridir. Tokarlik dastgohlari gruppasiga tokarlik dastgohlari, tokarlik vint – qirqish dastgohlari, ko‘p keskichli tokarlik dastgohlari, revolver dastgohlar, lobovoy dastgohlar, karusel dastgohlar, yarim avtomatlar va avtomatlar kiradi.
Tokarlik dastgohlari aylanishsh jismalri shaklidagi xilma – xil detallar sirtini ham, ichki yuzalarni ham yo‘nish uchun ishlatiladi, ammo bu dastgohlarda rezbalar qirqib bo‘lmaydi.
Tokarlik – vintqirqish dastgohlari tokarlik dastgohlaridan shu bilan farq qiladiki, ularda surish vinti bo‘lib, keskich bilan reba qirqishda ana shu surish vintidan foydalaniladi.
Tokarlik dastgohlarini xarakterlovchi parametrlar markazlarning stanina va supportdan balandligi hamda markazlar orasidagi masofadir. Bu parametrlar tayyorlanmaning yo‘nilishi mumkin bo‘lgan eng katta diametrini va tayyorlanmaning eng katta uzunligini aniqlashga imkon beradi. Tokarlik dastgohlari o‘z markazlarining staninadan balandligi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: kichik dastgohlar – markazlarning staninadan bo‘lgan balandligi 150 mm gacha, o‘rtacha dastgohlar – 150 – 300 mm va yirik dastgohlar – 300 mm dan ortiq.
Revolver dastgohlar dona tayyorlanmalardan yoki chiviqlardan detallar kesib ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu dastgohlarda tayyorlanmalarni sirtqi yuzalarini, toresini yo‘nish, kesib tushirish teshiklarni yo‘nib kengaytirish, teshiklar parmalash, teshiklarni zenkerlash razvertkalash va rezbalar qirqish mumukin. Revolver dastgohlarda, supportdan tashqari qirqish, kesuvchi asboblar o‘rnatilib, so‘ngra mahkamlanadigan revolver kallak ham bo‘ladi. Dastgohning konstruksiyasi detalni bir necha kesuvchi asbob bilan bir vaqtda kesib ishlashga imkon beradi.
Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari. Yarim avtomatlarning avtomatlardan farqi shundaki, yarim avtomatlar yo‘nilgan detalni dastgohdan olish, dastgohga yangi tayyorlanmani o‘rnatish va dastgohni yurgizib yuborish ishlarini dastgohchi bajaradi. Yarim avtomatlar, ko‘pincha, dona tayyorlanmalarni kesib ishlash, avtomatlar esa chiviqdan detallar ishlash uchun xizmat qiladi. Bu dastgohlar bir shpindelli va ko‘p shpindelli bo‘ladi. Tokarlik dastgohlari gruppasiga yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqqari, tokarlik – kesib tushirish, tokarlik – zatilovkalash, nusxa ko‘chirish dastgohlari va boshqa dastgohlar ham kiradi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling