Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Parmalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar


Download 3.73 Mb.
bet33/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Parmalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Bunday konstruksiyadagi dastgohlar teshiklar parmalash, teshiklarga metchik yorhamida rezbalar qirqish, teshiklarni kengaytirish va ularni pritirlash, listli materialdan disklar qirqib olish va boshqa ishlar uchun mo‘ljallangan. Bu jarayonlarlar parma, zenker, razvyort­ka va boshqa shularga o‘xshash asboblar bilan bajariladi.
Universal parmalash dastgohlarining quyidagi tiplari mavjud:1. Bir shpindelli stolli-parmalash dastgohlari kichik diametrli teshiklarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Bu dastgohlar priborsozlikda keng tarqalgan. Ularning shpindellari katta chastota bilan aylanadi.


74 – rasm. Vertikal parmalash dastgohi (2135 tip)
1-vint; 2-stol; 3-shpindel; 4-maxovik; 5-uzatish qutisi; 6-tezliklar qutisi; 7- elektro-dvigatel; 8-rukoyatka;
9-stanina.
2. Vertkal parmalash dastgohlari (74-rasm) (dastgohlarning asosiy va eng ko‘p tarqalgan tipi) nisbatan kichik o‘lchamli detallarga teshiklar parmalash uchun ishlatiladi. Ishlov beriladigan teshik-ning o‘qi bilan asbobning o‘qini to‘g‘ri keltirish uchun bu dastgohlarda tayyorlanmani asbobga nisbatan surish ko‘zda tutilgan.
3. Radial parmalash dastgohlari katta o‘lchamli tayyorlanma (detal) larga teshik-lar parmalash uchun mo‘ljallangan. Radial-parmalash dastgohlarida teshiklarning o‘qlarini asbobning o‘qi bilan to‘g‘ri keltirish uchun dastgohni shpindeli qo‘zg‘almas detalga nis­batan siljitiladi.
4. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlari; bu dastgohlar ish unumini bir shpindelli dastgohlarga qaraganda anchagina oshirishga imkon beradi.
5. Chuqur parmalash uchun ishlatiladigan gorizontal parmalash dastgohlari. Parmalash dastgohlari guruhiga markaz parmalash dastgohla-rini ham kiritish mumkin, bu dastgohlar tayyorlanmalarning qism yuzalarida markaz teshiklari hosil qilish uchun ishlatiladi.
Universal vertikal-parmalash dastgohi o‘rtacha o‘lchamli parmalash dastgohlarning yangi konstruktiv turkumiga 2N118, 2N125, 2N135 va 2N150 moduli dastgohlar kiradi, bular parmalash mumkin bo‘lgan teshiklarning eng katta shartli diametri 18, 25, 35 va 50 mm ga teng. Bu turkumdagi dastgohlar o‘zaro keng unifikasiyalangan.
Bunday konstruksiyadagi dastgohlarda bosh harakat (shpindelning aylanma harakati) vertikal joylashgan elektr dvigateldan, tishli uzatma va tezliklar qutisi orqali olinadi.
Surish harakati esa shpindeldan tishli g‘ildiraklar, surishlar qutisi, tishli uzatma, mufta, kirmakli juft va reykali uzatma orqali shpindel gilg‘zasi ga uzatiladi.
Uzunligi parma diametridan ikki barobardan ortiq bo‘lgan teshik parmalashda uni dastavval pinolga mahkamlangan qisqa parma bilan parmalab olish zarur. Shunday qilganda asosiy parmaning yo‘nalishi to‘g‘ri bo‘ladi va chetga uncha qiyshayib ketmaydi.
Spiral parma bilan chuqur teshik parmalashda dastgohni to‘xtatmay surib parmani vaqti-vaqti bilan teshikdan chiqarish va teshikdagi hamma parma ariqchalaridagi qirindini chiqarib tashlash kerak. Bunday qilganda parma sinmaydi. Normal parmalar bilan chuqur teshiklar parmalashda teshik chuqurligi parmaning spiral ariqchalari uzunligidan ortiq bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak. Aks holda qirindi parma ariqchalaridan chiqa olmay, parma sinadi. Bir uchi berk teshiklar parmalash uchun ketingi babka pinolidagi darajalarga bo‘lingan chiziqchalaridan foydalanish qulay. Maxovik aylantirilib, parma uchi detalning toresiga borib tiralguncha suriladi; bunda pinoldagi tegishli chiziqcha xotirlab qolinadi. Shundan keyin ketingi babka maxovichogini aylantirib, pinol korpusdan tegishli sondagi bo‘laklarga chiqquncha suriladi.
Pinolda bunday bo‘laklar bo‘lmagan holda quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Parmaga teshikning talab etiladigan uzunligi bo‘r bilan chizib qo‘yiladi va parma detalga shu belgilangan uzunlikka kirguncha pinol surila beradi.
Parmalanadigan detal patronga puxta mahkamlanishi kerak. Mahkam o‘rnatilmagan detal parmalash vaqtida titraydi yoki biror tomonga siljiydi, bu esa parmaning sinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Parmani parmalanadigan detalga yaqin keltirishdan oldin dastgohni yurgizib yuborish lozim. Parma detalga asta-sekin, zarbsiz tegizilishi kerak. Aks holda parmaning kesuvchi qirralari o‘tmaslanadi va hatto, uvalanib ketadi.
Ba’zan, detal parmalanayotganda metallga xos chiyillagan tovush chiqadi. Bu hol, odatda, teshikning qiyshayganligini yoki parmaning o‘tmaslanganligini bildiradi. Bunday hollarda surishni va stanokni darhol to‘xtatib, chiyillash sababini aniqlash lozim. Teshikning qiyishi parmalashining oldini olish uchun imkoni boricha qisqa parmadan foydalanish kerak.


11-rasm. Perosimon parmа.


Parmalash vaqtida dastgohni to‘xtatish oldidan parmani teshikdan chiqarish zarur. Parma teshikdaligida dastgohni to‘xtatish mutlaqo yaramaydi, chunki parma g‘ajilishi va sinishi mumkin.
Uncha chuqur bo‘lmagan teshiklar perosimon yoki spiral parmalar bilan parmalanadi.
Perosimon parma 11-rasmda ko‘rsatilgan. Uning kesuvchi qismi yassi kurakdan iborat bo‘lib, yuqorigi qismi sterjendir. Bu parmaning ikkita kesuvchi qirrasi (av va cd) bir – biriga nisbatan 2=116 – 1180 burchak hosil qiladi, bu burchak parma uchidagi burchak deb ataladi. Parmani tegishlicha puxta qilish uchun uning kesuvchi qirralari parma o‘qiga yetkazilmay, ko‘ndalang qirra (as) hosil qilinadi, bu qirra to‘g‘ri charxlanganda kesuvchi qirralar bilan  = 550 burcha hosil qiladi.
Perosimon parmalar ish unumi kam asboblardir. Shunga qaramay, bu asboblardan, ba’zan, asosan qattiq pokovka va quymalarni teshishda foydalaniladi, buning sababi shuki perosimon parmalar ancha bikr, konstruksiyasi oddiy va bahosi arzon bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda chuqur bo‘lmagan teshiklar, ya’ni chuqurligi diametrining 5 hissasidan oshmaydigan teshiklar, asosan, spiral parmalar bilan parmalanadi, 106 – rasmda ana shunday parma tasvirlangan. Spiral parma ish qismi, quyriq qismi (konus yoki silindr shaklidagi qismi) dan iborat, parmaning quyruq qismi ketingi babka pinolining konus teshigiga yoki patronga mahkamlash uchun xizmat qiladi, parmada uni urib chiqarish uchun tirgak vazifasini o‘taydigan lapkalari ham bo‘ladi.
Parmaning uchidagi burchak, odatda 116 - 1180 ga teng bo‘ladi. Qattiq materiallarni parmalash uchun bu burchak 1400 gacha, yumshoq materiallar parmalash uchun 900 gacha kamaytiriladi.
Parmalar 9XS markali legirlangan po‘latdan, R9 markali tez kesar po‘latdan, shuningdek, qattiq qotishma plastinkalari kavsharlanadigan legirlangan konstruksion po‘latdan yasaladi.
Tez kesar po‘latdan yasalgan parmalar bilan 5 – klass aniqlikdagi, odatda, 3 – 4 klassdan oshmaydi ( ).
Qattiq qotishmalar kavsharlangan parmalar teshiklarni 4 – 3 klass aniqligida va 4 – 5 klass tozaligida ( ) ishlashga imkon beradi.
To‘g‘ri ariqchali parmalarni tayyorlash oson, ammo ularning ariqchasidan qirindining chiqishi qiyin bo‘ladi. Shu sababli, bunday parmalar odatda, cho‘yan va boshqa mo‘rt metallarni parmalashda ishlatiladi, bunday parmalangan teshik chuqurligi diametrining ikki uch hissasidan oshmaydi. Ariqchalari vintsimon bo‘lgan, qattiq qotishma plastinkalari yopishtirilgan parmalar qirindini teshikdan oson chiqarib yuboradi. Shuning uchun ular, odatda, qovushoq materiallarni parmalash uchun ishlatiladi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling