Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Randalash, o‘yish dastgohlari va ularda ishlash


Download 3.73 Mb.
bet36/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Randalash, o‘yish dastgohlari va ularda ishlash
Randalash dastgohlari. Randalashda keskichning (stolning) to‘g‘ri yo‘li – ish yurishi deb, teskari yo‘li esa salt yurish deyiladi; ishlashning bu sxemasi randalash dastgohlarining asosiy kamchiligidir.
Randanlash dastgohlari universal, aniq, oddiy konstruksiyali dastgohlar bo‘lgani, ishlatiladigan kesuvchi asbob arzon turganligidan bu dastgohlar keng ko‘lamda ishlatiladi. Randalash dastgohlari ish unumining pastligi ko‘p keskich bilan ishlash orqali ma’lum darajada kompensatsiyalanishi mumkin. Randalash dastgohlari guruhiga bo‘ylama randalash, ko‘ndalang randalash, o‘yish dastgohlari va universal dastgohlar kiradi.
Bo‘ylama randalash dastgohlari, asosan, mashinalarning o‘rtacha va yirik detallarining tekis yuzalarini randalash uchun mo‘ljallangan. Bo‘ylama randalash dastgohlari jumlasiga eng ko‘p tarqalgan ikki stoykali dastgohlar, bir stoykali dastgohlar, qirra randalash dastgohlari va portal dastgohlar kiradi.
68-rasmda ikki stoykali bo‘ylama randalash dastgohi tasvirlangan. Tayyorlama dastgohning stoli 2 ga o‘rnatiladi va mahkamlanadi, bu stol stanina 1 ning yo‘naltiruvchilarida ilgarilanma-qaytar harakat qiladi. Keskichlar supportlar 8 va 6 ning keskich tutqichlariga mahkamlanadi, supportlarga esa vaqt-vaqti bilan surish harakati berib turiladi. Poperechina 4 ga joylashtirilgan supportlar 3 yuqorigi yuzalarni randalash uchun, stoykalar 5 ga urnatilgan supportlar 6 esa yon yuzalarii randalash uchun xizmat qiladi. Randalash dastgohlariiing yiriklarida poperechinaga o‘rnatilgan ikkita support va har bir stoykaga bittadan o‘rnatilgan ikkita – hammasi bo‘lib to‘rtta support bo‘ladi. Ba’zi dastgohlarniig poperechinasida bitta (yuqorigi) support va tayanchida bitta (yon) support bo‘ladi yoki faqat poperechinasida bitta support bo‘lib, yon supportlar bo‘lmaydi. Surish yo‘nalishi gorizontal yoki vertikal bo‘lishi mumkin. Qiya yuzlarni randalash uchun support burish qismi bilan ta’minlangan. Asosiy harakat stolga elektrik dvigateldan tezliklar qutisi va staninaga o‘rnatilgan shesternyalar sistemasi orqali uzatiladi. Oxirgi shesternya dastgohning stoliga pastki tomondan burab qo‘yilgan tishli reyka bilan tishlashgan bo‘ladi; yangi dastgohlarda reykaga kirmak tishlashtirilgan bo‘ladi (kirmak-reykali o‘z-o‘zidan tormozlovchi uzatma). Eng takomillashti-rilgan randalash dastgohlarida gidravlik yuritma yoki pog‘onasiz rostlash elektrik yuritmasi bor.

68-rasm. Ikki stoykali bo‘ylama randalash dastgohi.


69-rasm.Bo’ylama dastgohi asosiy yuritmasining sxemasi.
Dastgohlarda stolning yurishini reverslash (stolning yurish yo‘nalishini o‘zgartirish) uchun elektromagnitaviy muftalardan, gidravlik qurilmalar va boshqalardan foydalaniladi. Teskari (salt) yurish tezligi ish yurish tezligidan 1,5–2,0 marta katta. Stolning yurish yo‘nalishi tiraklar 7 vositasida avtomatik ravishda o‘zgartiriladi, bu tiraklar randalanayotgan tayyorlanmaning uzunligiga qarab, stolning tegishli joyiga mahkamlanadi. Keskichli supportlar surishlar qutisi orqali vintlar yorhamida ish yurishi tugagach yoki ish yurishi boshlanishi oldidan suriladi. Teskari yurishda keskichlariiig ketingi yuzalari randalanayotgan yuzaga ishqalanmasligi uchun keskich tutqichlar maxsus qurilmalar vositasida ko‘tariladi.
69-rasmda elektromagnitaviy muftali bo‘ylama randalash dastgohi bosh yuritmasining sxemasi keltirilgan. Harakat elektrik dvigatel 1 dan tezliklar qutisi 2 orqali shkiv 3 ga uzatiladi shkiv 3 esa (shkivlar 5 va 6 bilan ayqash hamda to‘g‘ri) tasmalar vositasida tutashgan. Bu shkivlar val 4 ga bemalol aylanadigan qilib o‘tkazilgan bo‘lib, turli tomonga har xil tezliklar bilan harakatlanadi, shkivlar ichiga elektromagnitlar joylashtirilgan. Elektromagnitlarning cho‘lg‘amlarida tok stolning ilgarilanma-qaytar harakatlanishida joylari o‘zgartiriladigan tiraklar 7 vositasida qayta ulanadi (69- rasm). Val 4 ga shponka vositasida o‘rnatilgan po‘lat disk 8 shkiv 5 va 6 ning elektromagnitlariga galma-gal tortilib, tishli g‘ildiraklar z1, z2, z3, z4, z5 va tishli reyka orqali stolga ilgarilanma-qaytar harakatni uzatadi.
Bo‘ylama randalash dastgohlari 700 dan 4000 mm gacha maksimal kenglikda va tegishlicha 1500 dan 12000 mm uzunlikda randalay oladigan qilib chiqariladi. Yaxshi holatdagi bo‘ylama randalash dastgohlarida tayyorlanmalarga ishlov berishda yuqori aniqlik ta’minlanadi: tozalab randalashda 1000 mm uzunlikda aniqlik 0,01 mm gacha, 3000 mm uzunlikda esa aniqlik 0,02 mm gacha bo‘ladi.
Yirik va og‘ir tayyorlanmalarga (lokomotiv ramalari, og‘ir plitalar va boshqalarga) ishlov berishda portal-randalash dastgohlari ishlatiladi. Bu dastgohlarda tayyorlanma o‘rnatilgan stol ishlov berish vaqtida qo‘zg‘almaydi, harakat keskichli supportlar o‘rnatilgan portalga beriladi.
O‘yish dastgohlari ko‘ndalang kesimlari katta, ammo balandligi uncha katta bo‘lmagan tayyorlamalarga ariqchalar ochish va ularning yassi va shakldor yuzalariga ishlov berish uchun ishlatiladi. 65-rasm, a da o‘yish dastgohining ishlash sxemasi keltirilgan. Strelkalar keskich va tayyorlanmaning harakatini ko‘rsatadi. O‘yish dasgohining polzuni (dolbyagi) 1 stanina 2 ning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab to‘g‘ri asosiy ilgarilama-qaytar harakat qiladi. Polzunning pastki qismida keskich mahkamlanadigan tutqich bor. Tayyorlama stol 3 ga o‘rnatiladi, stol esa bo‘ylama, ko‘ndalang va doiraviy harakat qiladi. O‘yish dastgohlarining polzunlarini ko‘pincha krivoship-kulisa mexanizmi, shuningdek, krivoship-shatun mexanizmi yoki gidravlik mexanizm harakatga keltiradi. O‘yish dastgohlari polzunining eng katta yo‘li 160 dan 1000 mm gacha qilib chiqariladi.



Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling