Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet39/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Metallarni kesib ishlash turlari
Mashina-mexanizmlar detallarini kerakli forma va o‘lchamga keltirish uchun tayyorlanmadan tegishli kesuvchi asboblar yorhamida Ma’lum miqdordagi metallni qirindi tarzida kesib olish yo‘li bilan hosil qilish texnologik jarayoni metallarni kesib ishlash (mexanik ishlash) deb ataladi.
Metallarni kesib ishlash jarayonlari, asosan, ularning plastik deformatsiyalanishi va turli energiyalardan (elektr, kimyoviy, yorug‘lik va boshqalar) foydalanish tufayli sodir bo‘ladi. Metallarni kesib ishlash usuli insoniyatga juda qadimdan ma’lum, chunki, qo‘l bilan yuritiladigan tokarlik va parmalash dastgohlari XII asrdan beri insoniyatga xizmat qila boshlagan.
Hozirgi zamon metallarni kesish jarayonida qirindi ajralib chiqish qonuniyatlarini, hosil bo‘ladigan titrash sabablarini, kesish kuchini o‘lchash usullari 1870 yilda N.A. Time tomonidan ishlab chiqilgan.
Metallarni kesib ishlashda qirindi miqdorining chiqishi tayyorlanmaning shakliga va o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qirindi, ya’ni metallning isrofgarchiligini kamaytirish uchun imkoni boricha ratsional forma va o‘lchamli tayyorlanmalar olish va shu bilan birga, texnologik jarayonni tejamli bo‘lishini ta’minlaydigan darajada tanlash maqsadga muvofiqdir.
Metallarni kesib ishlashda mehnat unumdorligini oshirishning texnologik jarayonlari mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishni hamda bu usullarni yangi-yangi, ratsionalizatorlik takliflari bilan boyitishni talab qiladi.


Nazorat savollari
1.Kesish jarayoni nima?
2.Kesish turlari nimalardan iborat?
3.Keskich va uning turlari
4. Surish tezligini ifodasi?

15-MAVZU: Metallarni payvandlash tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
REJA:
1 Payvandlash ishlarining mohiyati.
2. Payvandlash turlarining о‘ziga hos xususiyatlari.
3. Payvandlash vannasida kristallanish jarayoni.
Ma’lumki, mamlakatimizda fan-texnikaning rivojlanish revolyutsiyasini intensiv amalga oshirish muammosi eng asosiy va zaruriy masalalardan hisoblanadi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilash metallarga ishlov berish metodlarini (usullarini) takomillashtirish, ayniqsa payvandlashning yanada ratsional va progressiv usullarini joriy qilish muhim vazifalardandir. Bu esa, avvalo, metallning tejalishi, mustaxkam birikmalar (detallar) hosil qilinishi, osongina va tez bajarilishi lozim bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirishni talab qiladi. Masalan: faqat turli qurilish konstruksiyalarini payvandlash orqali birikmalar hosil qilish jarayonida deyarli 20 % ga yaqin metall tejaladi.
Elektr yoyi bilan payvandlash usuli ko‘p tarqalgan bo‘lganligi uchun bizda birinchi bo‘lib suv ostida, kosmosda payvandlash, elektr shlakli, diffuzion payvandlash ishlarining turli variantlari amalga oshirildi va oshirilmokda.
Nikolay Nikolaevich Benardos (1842—1905) texnikaning turli sohalarida ko‘pgina ixtirolar muallifidir. U 1882 yilda elektr yoyni payvandlashda qo‘lladi. N.N.Benardos 1885 yilda Peterburgda «Elektrogefest» jamiyatini tuzdi, bu jamiyat Rossiyaning turli joylarida payvandlash ishlarini bajarar edi. Hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan yoy yorhamida payvandlashning deyarli hamma turlari: ko‘mir va metall elektrodlar bilan payvandlash, shu jumladan, flyus ishlatib payvandlash, ikki elektrod orasida yonayotgan bilvosita ta’sir etadigan yoy bilan payvandlashni u taklif etgan. N. N. Benardos, shuningdek, yoyni magnit bilan boshqarish hamda ko‘mir va metall elektrodlar bilan pay­vandlash avtomatlarini ham taklif etgan.
Muhandis Nikolay Gavrilovich Slavyanov (1854—1897) jahonda birinchi bo‘lib o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan payvandlash generatori loyihasini tuzdi va tayyorladi. Payvandlash jarayoni uch sinfga (DS 19521—74) termik, termomexanik hamda mexanik payvandlashga ajratiladi. Payvandlashning termik sinfi metallni suyuqlantirib payvandlash turlarini o‘z ichiga oladi. Termomexanik sinfga issikliq energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlashning turlari kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi.
Ishlatiladigan energiya turlari bo‘yicha payvandlash quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
- yaxlit qizdirib bosim ostida payvandlash; temirchilik usulida prokatlab, siqib payvandlash;
- muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontaktlab, induksion presslab, yoy-presslab, duffuzion payvandlash;
- metallni tashqi issiqlik manbai bilan qizdirmay, bosim ostida payvandlash, ulg‘tratovush vositasida, sovuq holatda, ishqalab, portlatib, magnit-impulg‘s usulida payvanlash;
- suyuqlantirib payvandlash, elektr yoy, gaz alangasida, termik usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan payvandlash kabilar.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling