Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet40/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Payvand birikma va chok turlari
Ikki yoki undan ko‘p detallarni payvandlash bilan hosil qilingan, ajralmaydigan birikmalarga payvand birikmalar deb ataladi.
Suyuqlantirib payvandlashda uchma-uch, ustma-ust, burchakli va tavrli birikmalar hosil qilinadi (55-rasm). Shuningdek, teshikli, toresli, ustquymali hamda elektr-parchinli birikmalar ham qo‘llaniladi.
Uchma-uch payvandlanadigan birikmalarda ularni tashqil etuvchi elementlar bir tekislik yoki bir yuzada joylashadi (55-a rasm). Bunday birikmaning bir qator afzalliklari mavjud:
1. Payvandlanadigan elementlar (detallar) ning qalinligi cheklanmagan bo‘ladi.
2. Yuklanishlarni bir elementdan ikkinchisiga o‘tkazishda kuchlanish ancha tekis taksimlanadi.
3. Birikma hosil qilish jarayonida me­tall minimal sarflanadi.
4. Payvand birikma sifatini, undagi nuqsonlar joyi, o‘lchamlari va xarakterini rentgen nuri bilan nazorat qilib aniqlash juda qulay bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, uchma-uch payvandlanadigan birikmalarda ba’zi kamchiliklar ham uchraydi:
1. Payvandlanadigan elementlarni (detallarni) yig‘ish zarur.
2. Profilli metallar yoki prokatlar (burchakliklar, shvellerlar, tavrlar, qo‘shtavrlar)ni uchma-uch payvandlashda qirralarga ishlov berish murakkabroqdir.
Ustma-ust birikmada—payvandlanadigan elementlar parallel joylashgan va bir-birini berkitadigan payvand birikmadan iboratdir (61-b rasm). Bunday birikmadagi asosiy kamchiliklar quyidagilardir:
1. Asosiy metallning birikmalarni qoplashga sarflanishi. Qalinligi 20 mm gacha bo‘lgan elementlarni ustma-ust payvandlashni qo‘llaganda metallni, tejash zaruriyati cheklanadi.
2. Bunday birikmada yuklanish bir tekislik bo‘yicha taqsimlanmaydi, shuning uchun bunday birikmalar o‘zgaruvchan yoki dinamik (zarbli) yuklanishlarga chihamsizroqdir.
3. Ustma-ust payvandlanadigan listlarning orasidagi choklar bir tomonlama payvandlanadigan bo‘lsa, payvandlanmagan choklar birikmaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.





55 – rasm. Payvand birikmalarning asosiy xillari
a – uchma-uch birikmalar; b – ustma-ust birikmalar; v – burchak hosil qilgan birikmalar; g – tavraviy birikmalar.
Birikmadagi nuqsonlarni aniqlash qiyin. Lekin bunday birikmalarda ham ba’zi afzalliklar mavjud. Masalan:
1. Birikma ostida qirralar qiya bo‘lmaydi.
2. Birikmani yig‘ish oson (sodda) va hokazo.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling