Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet41/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Burchakli birikma—bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashgan va bir-biriga tegib turadigan joyidan payvandlangan ikki elementning payvand birikmasidir (55-v rasm).,
Tavr birikma — bir elementning yon sirtiga boshqa element burchak ostida va toresi (yon tomoni) bilan payvandlan­gan birikma bo‘lib (55-g rasm), odatda, elementlar orasidagi burchak to‘g‘ri bo‘ladi.
Burchakli va tavr birikmalar balkalar, kolonkalar, stoykalar, karkaslar, fermalar, ramalar va boshqalarni payvandlashda keng qo‘llaniladi. Bu birikmalar tegishli birikmaning mustahkamligini oshiradi va deformatsiyasini kamaytiradi.
Teshikli birikmalar — ustma-ust payvandlash chokining uzunligi yetarlicha mustahkam bo‘lmaganda qo‘lla­niladi.
Ustquymali birikmalar — uchma-uch va ustma-ust payvandlashlarning iloji bo‘lmaganda undan foydalaniladi.
Bunday birikmalar, asosan, profilli elementlarni biriktirishda va uchma-uch birikmalarni kuchaytirishda qo‘llaniladi.
Elektr parchinlab biriktirish, asosan, ustma-ust va tavr birikmalarda qo‘llaniladi. Bunday birikma orqali mustahkam, biroq zich bo‘lmagan birikmalar hosil qilinadi.
Payvand choklar payvand birikmalar ko‘rinishiga hamda chok kesimining geometrik shakliga ko‘ra uchma-uch va burchakli choklarga ajratiladi. Uchma-uch choklar uchma-uch, torets, bort, ba’zan esa burchakli bi­rikmalar hosil qilishda ham qo‘llaniladi. Burchakli chok ustma-ust, tavr va burchakli birikmalarda mavjud bo‘ladi.
Uchma-uch choklar tashqi shakliga ko‘ra tekis yoki qavariq bo‘lishi mumkin. Burchakli choklar botiq qilib ham bajarilishi mumkin. Qavariq chokli payvand birikmalarga nisbatan statik yuklanishga chihamli. Biroq juda qavariq chokli payvand birikmalarda ortiqcha metall sarflanganligi uchun tejamsiz hisoblanadi. Yassi chokli uchma-uch birikmalar, botiq chokli, burchak­li, tavr va ustma-ust payvand birikmalar qavariq chok­li birikmalarga nisbatan dinamik (zarbli) yoki o‘zgaruvchan yuklanishlarga chihamli bo‘ladi.
Turli ko‘rinishdagi (turdagi) payvand choklar to‘ldirilgandan keyin faqat ularning sifatini sinash emas, balki payvandlash rejimlarini to‘g‘ri belgilash va uni bajarish jarayoni bilan ham bog‘liqdir. Odatda, payvand chokning sifatini tekshirish ishlari uch bosqichga bo‘linadi:
1. Payvandlashdan avval asosiy metall bilan chok metalining sifatini, elektrod qoplamasini, flyuslar qanchalik to‘g‘ri belgilanganligini, chok kertimlarining qanday tayyorlanganligini tekshirish hamda payvandchining malakasini aniqlash;
2. Payvandlash jarayonining har bir jarayoni qanday va qay rejimlarda olib borilishi, ikkinchi qatlam chokli bostirishda yuzalarning kuyindi va shlaklardan tozalanishi va umuman jarayonning to‘g‘ri olib borilishi kuzatiladi.
3. Payvandlab bo‘lingach, chok sifati, tashqi va ichki yuzalar (rentgen nurlarida, metallografik mikroskoplarda) kuzatiladi.
Masalan shundaki, payvandlangan buyumlarning sifati, avvalo, vizual kuzatiladi (zarur bo‘lsa, nitrat kislotaning spirtdagi eritmasini ta’sir ettirib lupada ko‘riladi). Bunday kuzatish bilan chokning sifati­ni aniqlash qiyin bo‘lsa (ayniqsa murakkab konstruksiyalarda), boshqa sinash usullaridan foydalaniladi. Chokning puxtaligini aniqlash uchun payvand birikmalardan tayyorlangan maxsus namunalarning cho‘zilishi, zarbga va egilishga bardoshliligi sinaladi. Zarur hollarda esa mikroskopik analizlar ham qilinadi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling