Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet42/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Payvandlash posti. Payvandlash posti – payvandlash ishlarini bajarish uchun hamma zarur jixozlar bilan jixozlangan payvandchining ish o‘rnidir. Payvandlash posti ta’minlash manbai, elektr simlar, elektrod tutkichlar, yig‘ish-payvandlash moslamalari va asboblari, himoya shchitlari yoki maska bilan komplektlanadi.
Payvandlash postlari yoyda ishlatiladigan tok tu­ri hamda ta’minlash manbai tipiga qarab, quyidagi xillarga ajratiladi:
- bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli payvandlash o‘zgartirgichlaridan yoki payvandlash to‘g‘rilagichlaridan ta’minlanadigan o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan;
- payvandlash transformatoridan taminlanadigan, o‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan. Payvandlash postlari stasionar yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin.
Statsionar postlar kichikroq o‘lchamli buyumlarni payvandlashga mo‘ljallangan, usti ochiq kabinadan iborat bo‘ladi. Odatda, kabinaga bir postli payvand­lash transformatori yoki payvandlash to‘g‘rilagichi joylashtiriladi. Aylanib turadigan o‘zgarmas tok o‘zgartirgichi ishlayotganda kuchli shovqin chiqaradi, shu sababli uni kabinadan tashqarida joylashtirgan ma’qul.
Ko‘chma postlar yirik o‘lchamli buyumlarni bevosita sexlarning ishlab chiqarish maydonchalarida yoki qurilish maydonchalarida payvandlashda foydalaniladi. Bunday hollarda yoy nuridan to‘siqlar bilan himoya qilinadi, yoyning elektr bilan ta’minlash manbalarini qor va yomg‘irdan saqlash uchun usti yopilgan bo‘ladi.
Payvandlashning mohiyati va usullari
Ma’lumki, payvandlash usulini har qanday metall va metallmas materiallarga tadbiq qilish mumkin.
Payvandlash deb payvandlanadigan qismlarning faqat o‘sha joyinigina yoki butunlay qizdirib, plastik deformatsiyalab yoki ikkala usuldan birgalikda foydalangan holda ular orasida atomlararo bog‘lanishni vujudga keltirib, ajralmaydigan birikmalar hosil qilish jarayoniga aytiladi.
Bu ta’rif metall va nometall materiallarga (plast­massa, shisha, rezina va boshqalarga) ham taalluqlidir.
Turli materiallarni payvandlash, asosan, ularning turli xossalariga bog‘liq bo‘ladi, chunki materiallarning xossalari uning ichki tuzilishi — atomlarning strukturasiga bog‘liq. Hamma metallar qattiq holatda kristall strukturali jismlar bo‘ladi. Amorf jismlar (shisha, parafin, mum va boshqalar) ning atomlari tartibsiz (xaotik) joylashgan. Payvandlanadigan qismlarni (joylarni) bir butun qilib biriktirish uchun ularning elementar zarrachalarini (ionlari, atomlarini) shunchalik yaqinlashtirish kerakki, bunda ular orasida atomlararo bog‘lanish paydo bo‘lsin. Buning uchun payvandlanadigan qismlarning faqat o‘sha joyigina butunlay qizdiriladi, plastik deformatsiyalanadi yoki ikkala usuldan birgalikda foydalaniladi.
Metall zarrachalarini payvandlash sharoitlariga qarab (atomlararo bog‘lanishni vujudga keltirish uchun), suyuqlantirib, bosim ostida va gaz bilan payvandlash kabilarga ajratiladi.
Suyuqlantirib payvandlashning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda payvandlanadigan detallar, masalan, ikkita detalning qirralari bo‘yicha metall kuchli issiqlik manbalari bilan, ya’ni elektr yoy, gaz alangasi, kimyoviy reaksiya, suyuqlantirilgan shlak, elektron nuri energiyasi, plazma lazer nuri energiyasi va boshqalar bilan suyuqlantiriladi. Bularning hammasida detal­ning qizib suyuqlangan bir qirrasidagi metall ikkinchi qirrasidagi suyuqlangan metall bilan o‘zaro birikadi. Natijada, payvandlash vannasi deb ataladigan umumiy suyuq metall hajmi hosil bo‘ladi. Payvandlash vannasida metall sovigach, chok metali vujudga keladi. Chok metali detal qirralaridagi metallning yoki payvandlash vannasiga kiritilgan qo‘shimcha metall­ning suyuqlanishi hisobigagina hosil bo‘lishi mumkin (56-rasm).

56 – rasm. Elektr yoy bilan payvandlash sxemasi

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling