Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Download 3.73 Mb.
bet38/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

O‘simtaning hosil bo’lishi. Plastik metallarni muayyan sharoitlarda kesib ishlashda kesuvchi asbobning oldingi yuzasida, kesuvchi qirada va uning ostida o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simta kesilayotgan metalldan tashqil topgan va o‘tmaslangan cho‘qqili ma’lum burchak ostida pona shakliga ega bo‘ladi (61 – rasm).



O‘simtaning o‘lchamlari va shakli kesish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. U ma’lum geometrik o‘lchamlarga ega bo‘lgan hajmda hosil bo‘lishi, shaklini o‘zgartirishi va butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. O‘simta aksariyat hollarda keskich, freza va parmalarda hosil bo‘lishi mumkin.
Rus olimi Ya.G.Usachev birinchi bo‘lib o‘simta hosil bo‘lish jarayonini fizik nuqtai nazardan chuqur tekshirib quyidagi xulosaga keldi: o‘simta-deformatsiyalangan metall turg‘unligidir. Olimlarning keyingi izlanishlari bu xulosani tasdiqlab berdi.
O‘simtaning qattiqligi ishlov berilayotgan materialning dastlabki qattiqligidan 2-3 marta katta bo‘ladi, bu o‘simtaga shu metalni kesish imkonini beradi. O‘simta hosil bo‘lishi bilan oldingi yuzaning shakli o‘zgaradi, xaqiqiy oldingi burchak kattalashadi, bu ishlov berishda plastik deformatsiya darajasini kamayishiga yorham beradi, issiqlik hosil bo‘lishini pasaytiradi. Kesish kuchi va quvvati kamayadi, qirindining o‘simta bo‘yicha sirpanishi natijasida ishqalanish kuchlari kamayadi.
O‘simta po‘latlarga ishlov berishida 0,1 dan 1,5 m/sek gacha bo‘lgan tezliklar oralig‘ida kuzatiladi.
O‘simta 0,4 - 0,5 m/sek tezlikda maksimal kattalikka erishadi. Kichik tezliklar oldingi yuzada harorat va ishqalanish kuchlari katta bo‘lmasa o‘simta hosil bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek katta tezliklarda ham o‘simta hosil bo‘lmaydi, chunki harorat yuqori bo‘lib, ishqalanish kuchi kamayadi va metall juda plastik bo‘lib qoladi.
Ikkinchi tomondan o‘simta oldingi yuzani va kesuvchi qirrani yemirilishini ximoya qiladi, bu kesuvchi asbobninig ishlash vaqtini oshiradi. Shuning uchun qora ishlov berishda, ishlov berilgan yuza tozaligi ahamiyatga ega bo‘lmasa, o‘simtani hosil bo‘lishi o‘rinli hisoblanadi.
O‘simta to‘xtab-to‘xtab kesishda, hosil bo‘lishga ulgurmaydi,shuningdek, mo‘rt metallarni, masalan kul rang cho‘yanni kesishda elementli va siniq qirindi hosil bo‘lganda ham paydo bo‘ladi. O‘simtani hosil bo‘lishni bartaraf etish mumkin: buning uchun kesuvchi asbobni puxta charxlab, oldingi burchakni kattalashtirish kerak.
O‘simtani bartaraf etish uchun haroratni va ishqalanish kuchlarini pasaytiruvchi sovutish-moylash suyuqliklarini qullash zarur. Kesish zonasini sun’iy yo‘l bilan sovutilsa ham bo‘ladi.
Po‘latlarni kichik tezlikda kesib ishlashda o‘simta har doim ham yo‘q bo‘lmaydi. O‘simta kesilayotgan qatlamning kichik qalinligida ( a<0,15 mm ) juda kichik bo‘lgan kesish tezligida (V=0,015 m/cek) hosil bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kulrang cho‘yanni kesishda ham o‘simta hosil bo‘lishi kuzatiladi.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling