Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar


Download 3.73 Mb.
bet34/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Frezalash dastgohlarida har xil shakldagi sirtqi va ichki yuzalarga hamda shakldor aylanma yuzalarga ishlov berish, to‘g‘ri va vintli ariqchalar ochish, sirtki va ichki rezbalar qirqish, tishli g‘ildiraklar ishlash kabi ishlarni bajarish mumkin.
Bu guruh dastgohlari konsolli frezalash, (gorizontal, vertikal, universal va keng universal) konsolsiz vertikal-frezalash, bo‘ylama-frezalash dastgohlari (bir va ikki tirgakli dastgohlar) ga, uzluksiz ishlaydigan (karuselli va barabanli) frezalash dastgoxlariga, nusxa olish, kopirlash-frezalash dastgohlari (konturli va hajmli frezalash dastgohlari) ga, graverlash-frezalash dastgoh­lariga, ixtisoslashtirilgan dastgohlar (rezba freza­lash, shponka frezalash, shlis frezalash dastgohlari va boshqa dastgohlar)ga bo‘linadi.
Hozirgi zamon frezalash dastgohlarida bir qancha progressiv konstruktiv yangiliklar bor: bosh harakat bilan surish harakati yuritmalari bir-biridan ajratilgan, stolni (barcha yo‘nalishlarda) tez surish mexanizmi mavjud tezliklar va surishlar bitta dasta bi­lan boshqariladi. Dastgohlarda uzellar va detallar unifikasiyalanadi.
Konsolli frezalash dastgohlari. Bunday konstruksiyadagi dastgoh-larning konsolli deb atalishiga sabab shuki, dastgohning stoli staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab yuqoriga va pastga siljiy oladigan konsolga o‘rnatilgan. Konsolli-frezalash dastgohlariga gorizontal-frezalash (75-rasm), vertikal-frezalash dastgohlari, universal va keng universal frezalash dastgohlar kiradi.

75-rasm. Gorizontal frezerlash dasgohi:
1 - shpindel; 2 - opravka; 3 - freza; 4 – halqa; 5 - hartum; 6 - stol; 7 -aylanuvchi qism; 8 — yo‘naltiruvchi; 9 - konsolg‘; 10 - stanina.
Asosiy bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan frezalash dastgohlarining asosiy o‘lchami stolning ish yuzasidir. Vertikal va gorizontal konsolli frezalash dastgohlari stolining ish, yuzasi quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: 125X500, 160X630, 200X800, 250X1000, 320X1250, 400X1600, 500X2000 mm. Dastgohlarning universal-frezalash va keng universal modifikasiyalarida kengligi 200—400 mm li stol bor. Gorizontal konsol­li frezalash dastgohlarida shpindelning o‘qi gorizon­tal vaziyatda joylashgan bo‘lib, stoli o‘zaro perpen­dikulyar uch yo‘nalishda siljiydi. Universal konsolli frezalash dastgohlari tashqi ko‘rinishi jihatidan go­rizontal frezalash dastgohlaridan farq qilmaydi desa bo‘ladi. Ammo ularda buriluvchi stol bo‘ladi, bu stol bir-biriga perpendikulyar uch yo‘nalishda surila olishdan tashqari, o‘zining vertikal o‘qi atrofida 45° burchakka burilishi ham mumkin. Bu holda vintli ariqchalar ishlashga va qiyshiq tishli shesternyalar qirqishga imkon beradi.


Nazorat savollari

  1. Metall kesuvchi dastgohlar haqida asosiy tushunchalar

  2. Metall kesuvchi dastgohlarni tasniflanish tamoyili

3. Dastgohlarning modellarini belgilanishi.


Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling