Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


-MAVZU: Randalash va o’yish dastgohlari. Protyajkalash (sidirish)


Download 3.73 Mb.
bet35/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

13-MAVZU: Randalash va o’yish dastgohlari. Protyajkalash (sidirish).
REJA:

  1. Metallarni o‘yish va protyajkalash to‘g‘risida asosiy tushuncha berish.

  2. Randalash va protyajkalash mohiyati.

Tokarlik vint qirqish dastgohlari.
Tokarlik-vint qirqish dastgohlari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Bu dastgohlarda shakldor yuzalar yo‘nish, silindrik va konussimon teshiklarni yo‘nib kengaytirish; ko‘ndalang kesim yuzalarni yo‘nish; tashqi va ichki rez‘balar qirqish: teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; tayyorlanmalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlarni ba­jarish mumkin.
Tokarlik vint qirqish dastgohlarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan tayyorlanmaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va dastgoh markazlari orasidagi eng katta masofadir. Sanoatimizda, asosan, 160—1250 mm li tayyorlamaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig‘i 12500 mm bo‘lgan tokarlik-vint qirqish dastgohlari ishlab chiqariladi.
Tokarlik-vint qirqish dastgohi amalda bir tipli kompanovkaga ega, bunday kompanovkaga 1K62 (67-rasm) dastgohi misol bo‘la oladi. Uning asosiy uzellari jum­lasiga stanina (2), oldingi (shpindelli) babka (I) fartuk (4), keskich tutgichli support (3), orqa babka (5), oldingi babkaga tezliklar qutisi (1), surish qutisi (8) joylashtirilishi mumkin.

67- rasm. 1K62 rusum tokarlik-vint qirqish stanogi.
1—oldingi babka tezliklar qutisi bilan; 2—stanina; 3—support;
4—fartuk; 5—ketingi babka; 6—harakatlanuvchi vint; 7—harakatlanuvchi valik; 8 — surishlar qutisi.


Stanina dastgohning barcha asosiy uzellarini o‘rnatish uchun xizmat qiladi va dastgohning asosi hisoblanadi.
Oldingi babka staninaning chap qismiga mahkamlangan bo‘ladi. Oldingi babkada dastgohning tezliklar qutisi bo‘ladi, tezliklar qutisining asosiy qismi shpindel‘ bo‘lib, u dumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel, odatda, boshidan oxirigacha konussimon teshikdan iborat bo‘lib, chiviq material (tayyorlama) ana shu teshikdan o‘tkaziladi.
Orqa babka markazlarga o‘rnatilib, yo‘nilayotgan tayyorlamani tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish (parma, zenker, razvyortkalarni) hamda rez‘ba qirqish ishlariga mo‘ljallangan asboblarni (metchik, plashkalarni) mahkamlash uchun xiz­mat qiladi. Orqa babka stanina yo‘naltiruvchilari bo‘ylab surila oladi.
Surish qutisi shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek, tegishlicha surishga erishish yoki rezg‘ba qirqishda muayyan qaham hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surishlar qutisining uzatish nisbatini o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi. Surishlar qutisi almashtiriladigan shesternyalari bor gitara vositasida dastgoh shpindeli bilan bog‘langan.
Fartuk surish vali va surish vintining aylanma harakatini supportning to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakatiga aylantirish uchun mo‘ljallangan.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling