Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar


Ovqat hazm qilishi va nafas olishi


Download 0.57 Mb.
bet3/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza matn

Ovqat hazm qilishi va nafas olishi: Og’iz teshigi og’izga olib boradi, uning atrofi o’simtalar bilan qoplangan bo’lib og’iz teshigi xalqumga va keng xalqumga ochiladi, xalqum devorida juda ko’plab jabra o’simtalari-stigmalar joylashgan, ular to’g’ri tashqi muhitga ochilmasdan, balki jabra oldi bo’shligiga ochiladi. Xalqumdan qisqa qizilo’ngach va kengaygan oshqozondan iborat bo’lib ichakka ochiladi. Anal teshigi ham jabra oldi bo’shligiga ochiladi. Assidiyaning xalqumida juda ko’plab bezli nov joylashgan bo’lib, u endostil deb ataladi. Endostil xalqum asosidan boshlanib uning qorin tomonidan o’tib og’iz teshigiga ko’tariladi. Oziq zarrachalari endostilning kiprikli xujayralari yordamida yuqoriga ya’ni xalqum osti xalqasiga u yerdan qizilo’ngach teshigiga o’tadi. Yonbosh pastinkaning vazifasi tebranib suv oqimini jabra bo’shligiga haydaydi.



Qon aylanish organlari: Oshqozon yaqinida yuragi joylashgan, u muskulli xalta shaklida bo’lib keyingi tomonidan qon tomir chiqadi. Oldingi tomir jabrali deb ataladi va ko’p o’simtalari xalqumning qorin qismiga boradi. Orqa tomir ichakli deb ataladi va bo’laklarga bo’linib ichki organlarga boradi. Bu tomirlar organlarga borib uning bo’shligiga ochiladi. Assidiyaning qon aylanish sistemasi ochiq holatda bo’lib, yurakni o’ziga xos tuzilishi qonni ikki tomonga haydab berish vazifasini bajaradi. Shunday qilib astsidiyada har-bir qon tomir navbat bilan xizmat qiladi (arteriya va vena).


Ko’payish organlari: Oshqozoni oldida bir-biriga yaqin ikkita jinsiy bezlar joylashgan bo’lib, ular erkaklik va urg’ochilik bezlaridir. Tuxumdon oval shaklida bo’lib, ko’plab tuxum xujayralaridan iborat har-xil rangdagi yorqin ranglardan iborat. Urug’donlar oq rangdagi ko’p qismlardan iborat bo’lib, hamma qobiqlilar germofradit hayvonlar. Ikki jinsli bezlar bir vaqtda yetishmaydi, shuning uchun yetilishiga qarab har bir astsidiya individi samets va samka rolini bajarishi mumkin.





Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling