Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar


Download 0.57 Mb.
bet7/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza matn

Olovtanlilar (Pyrosomidae)sinfi
Olovtanlilar (Pyrosomidae) sinfiga bitta Olovtanlilar (Pyrosomata) turkumi kiradi. Olovtanlilar turkumi vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Undan kurtaklanish yo’li bilan to'rtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo'ladi va ular umumiy qobiq-tunika bilan o'ralgan. Olovtanlilar koloniyasidagi har bir a’zosi halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi bor. Bu hujayralarda yorug'lik chiqaruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydí. Yetuk olovtanli koloniyaning uzunligi. odatda 20-40 sm dan 3-4 metr va hatto 30 metrgacha boradi. Undagi har bir olovtanlining o'lchami 3-5 mm ni tashkil qiladi 10 dan ortiq turlari bor.
Bochkalilar (Doliolidae) sinfi Bochkalilar sinfiga 2 ta avlod va bir necha tur kiradi. Bochkalilar uchun polimorf koloniya hosil qiladi. Ular dengizlarda koloniya holda erkin suzib yuruvchi hayvonlardir. Tanasi bochkasimon bo’lib, uzunligi 3 sm gacha yetadi (6-rasm) Bochkalilaming rivojlanishi juda murakkab. Ular jinsiy va jinssiz gallanib ko‘payadi.

6-rasm. Stolonli bochenochnik (Daliolum deuticulatum),
uning stolonida jinssiz va jinsli individlar bor.
Appendikulyariyalar (Appendiculariae, Larvasea) sinfi. Appendikulyariyalar gavdasining uzunligi 0,5-3 mm dan, ayrim turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Ular yakka-yakka holda erkin suzib yurib. hayot kechiruvchi primitive qobiqlardan hisoblanadi. Appendikulyariyalarning xordasi hayoti davomida saqlanadi. Ularning tuzilishi assidiyalar lichinkasining tuzilishiga o‘xshaydi, undan asosan, ipsimon nerv tortmasi va dumi borligi bilan farq qiladi. Dumi assidiya lichinkasi dumi singari yonidan siqilgan bo‘lsa harn, lekin vertikal tekislik bo’ylab o‘rnashmay balki, gorizontal tekislik bo'ylab o'rnashgan bo’ladi (7- rasm).
Appendikulyariyalarning haqiqiy qobig'i bo’lmaydi. Qobig’i murakkab tarkibiga ega dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon tanasini o'rab turadigan uycha hosil qiladi. Appendikulyariyalar uychasini tashlab chiqib oqib ketishi va 1-1,5 soat ichida yangi uycha hosil qilishi mumkin. Dumi harakatlanishi tufayli suv uychasining filtrlovchi apparatiga o’tib, undan og’iz teshigi va halqum devoridagi ikki juft jabra teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi. Jabra teshiklari devoridagi kapillyarlar orqali gaz alniashinuvi sodir bo’ladi. Halqum devorida endostil boMadi. Endostil suvdagi mayda organizmlar va organik qoldiqlarni filtrlashga yordam beradi. Jabraoldi bo‘shlig’i va kloakasi bo’lmaydi. Anal teshigi qorin tomonida joylashgan, nerv nayi ustida yorug’lik sezadigan ko'zchasi va muvozanat saqlash organi joylashgan.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling