Reja: Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi. Lichinka xordalilarning sistematikasi. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar


Download 0.57 Mb.
bet8/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza matn

7-rasm. Appendikulyariya:
Falia ethiopica (uychadanajratib olingan gavdasi):
1 - og‘zi; 2 - xordasi; 3- muskullari; 4 - urug‘ bezi.

Appendikulyariyalarlar ham germafrodit bo’lib, faqat jinsiy yo’li bilan ko‘payadi. Lichinkasining og’iz teshigi bo’lmaydi. Lekin xordasi va nerv nayi rivojlangan. Appendikulyariyalar sinfning 60-100 ga yaqin turlari aniqlangan. Hamma okean va dengizlarda uchraydi. Asosan suvning yuza qismidagi planktonda hayot kechiradi. Appendikulyariyalar lichinkalik davrida ko’payishi qobiliyatiga ega va evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo'qotgan qobiqlilar bo’lishi mumkin.
Sistematik holati va kelib chiqishi. Barcha qobiqlilar uzoq vaqtlargacha umurtqasizlardan mollyuska va mshankalarga kiritilgan, faqat ularning embrional rivojlanishi orqali xordalilarga kirishi aniqlangan. Lichinka xordalilarning embrional rivojlanishini rus olimi A. O. Kovalevskiy 1866 yil, keyinroq I. I. Mechnikov va V. V. Zalenskiy o’rgangan. Ayniqsa assidiyaning rivojlanishi lantsetnikka o’xshash. Erkin yashovchi lichinkasida bu narsa aniq ko’rinadi. Naysimon nerv nayi, muskullari sigmentlardan iborat bo’lishi, eshitish pufakchasi shaklidagi sezgi organlari, pigmentli ko’zi va yaxshi rivojlangan xordasi bo’lgan. Keyinchalik ko’pchilik turlari o’troq hayot kechira boshlagan, shunga ko’ra tana tuzilishi soddalashgan. Jumladan: ichki organlarni himoya qiluvchi-tunika, murakkab jabra apparati, endostil, kurtaklanish yo’li bilan ko’payishi. Ularning ontogenezi lichinkaning turli rivojlanish bosqichlarida yashash muxiti bilan tuzilishining o’zaro bog’liqligini yaqqol ko’rsatadi.
Nazorat savollari:
1. Lichinka xordalilar kenja tipiga umumiy tavsif.
2. Lichinka xordalilar kenja tipining harakterli vakillari.
3. Assidiya misolida kenja tipning tuzilishi.
4. Salplar sinfining umumiy tuzilishi
5. Olovtanlilar sinfining tuzilishi.


1 Hickman C.P., Roberts L.S., Keen S.L., Larson A., Ianson H., Eisenhour D.J., Zoology, 14 edition, 2008. USA. p. 38



2 Hickman C.P., Roberts L.S., Keen S.L., Larson A., Ianson H., Eisenhour D.J., Zoology, 14 edition, 2008. USA. p. 53



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling