Reja Lizing haqida tushincha Lizing muomalalarining ob’ektiva sub’ektlari Lizing turlari Lizing olish tartibi Lizing


Download 1.4 Mb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#187332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lizing iqtisodiy mohiyati

Lizing ob’ekti bo‘lib, iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashѓlar bo‘lishi mumkin, er uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari bundan mustasno.

Lizing bozori sub’ektlari bo‘lib: lizing beruvchilar, lizing oluvchilar, mulkni ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar), banklar va boshqa moliya-kredit muassasalari hamda garchi, lizing muomalalarida asosiy qatnashchilar bo‘lmasada, lekin bozorning boshqa qatnashchilariga vositachilik, informatsion va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish borasida brokerlik va konsalting firmalari hisoblanadilar.



Lizing beruvchi – bu yuridik shaxs bo‘lib, mulkni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan qabul qilib oluvchi va lizing shartnomasi asosida lizing oluvchiga beruvchi tushuniladi. Qonun bo‘yicha lizing beruvchi yuridik shaxs maqomini olmagan tadbirkorlik sifatida qayd qilingan jismoniy shaxs yoki fuqaro bo‘lishi mumkin

Lizing oluvchi – bu yuridik shaxs yoki tadbirkor sifatida qayd qilingan hamda yuridik maqomini olmagan fuqaro hisoblanadi. U, o‘z navbatida, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing mulkidan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga qabul qilishi (yoki olishi) tushuniladi. Lizing oluvchi bo‘lib, xohlagan lizing sharnomasi bo‘yicha yoki boshqa mulkni olishga xohish bildirgan korxonalar bo‘lishi mumkin.

 


Professional vositachilar

 


Mazkur professional vositachilarning huquq va majburiyatlariga tavsif

 


1

 


Distribyutor (ulgurji sotuvchi)

 


-To‘la o‘z nomidan, mustaqil munosabatlar asosida ishlab chiqaruvchilar bilan qanday munosabatda bo‘lsa, lizing mulkini sotib oluvchilarga xuddi shunday aloqada bo‘ladi, faqat mulk egasi bo‘lib hisoblanmaydi.

-Bahoni belgilaydi, bozorni o‘rganadi, servis xizmatlari ko‘rsatadi.

 


2

 


Diler

 


-Kichik mustaqil tadbirkor, u o‘z hisobidan zaruriy uskunani sotib oladi va xaridorlarga sotadi, ammo u texnikani reklama va servis xizmatini ko‘rsatishda ham ishtirok etishi mumkin.

 


3

 


Broker

 


-O‘z mijozlari topshirig’iga va hisobiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.

-O‘zaro qiziquvchi tomonlarni uchrashtiradi, ammo tavakkalchilik (risk)ni o‘ziga olmaydi.

 


4

 


Komissioner

 


-O‘z nomidan, lekin, mijoz hisobidan bitim tuzadi.

-O‘z ehtiyojidan oshgan xarajatlarga javob beradi.

 


5

 


Makler

 


-Bitim uchun qiziquvchi tomonlarni to‘playdi va uchrashtiradi, lekin o‘zi bunda ishtirok etmaydi.

-U tomonlarning rasmiy roziligisiz hech qanaqa bitim tuza olmaydi.

 



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling