Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari


Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish


Download 1.32 Mb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1500052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari

Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish.
Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida).
Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat qilish.


2.Kichik guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni va harakatlar tartibi

Bola harakatlarining shakllanishiga yordam berish, gavdasini tik tutishga o‘rgatish. Bolalarni mustaqil o‘ynayotgan paytlaridagi harakatlari faolligining barqarorlashuviga yordam berish. Tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilayotgan turli harakatlarga bolaning tushunib borishiga va birgalikda harakat qilishga undash. Shu bilan birga bola diqqatini atrofdagilar harakatiga qaratish. Bolalarni turgan joyda sakrashga ikki oyoqni juftlab sakrashga va yengil tushishga o‘rgatish. Emaklashga, tirmashib chiqishga to‘p bilan harakat qilishga, dumalatish, uloqtirishga o‘rgatish. Bolalarda ertalabki badantarbiyaga nisbatan qiziqish, ijobiy munosabatlarni uyg‘otish o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgatish.


Asosiy harakatlarga o‘rgatish.
Yurish. To‘p-to‘p bo‘lib yurishga, yo‘nalishni o‘zgartirib yurishga, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurishga, yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket yurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Yugurish. Tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib yuborilgan buyumni quvib yetish, ikki chiziq orasidan chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70¬80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Sakrash. Ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga 10¬15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga, o‘rgatish nazarda tutiladi.
Dumalatish, irg‘itish, ilib olish. To‘pni bir-biriga qaratib dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum xaltachasini 1 m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l bilan irg‘itish nazarda tutiladi.
Emaklash va tirmashish. 3-4 m masofaga emaklash 30¬40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga tirmashib chiqishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Muvozanat saqlash. Bunda to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish, eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘ylab tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki emaklash, xalqadan - xalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga, shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab o‘tishga, balandlikda qo‘llarni yonga qilib turishga, aylanishga, oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish nazarda tutiladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling