Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari


Sport mashqlari. Velosiped uchish


Download 1.32 Mb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1500052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari

Sport mashqlari. Velosiped uchish.
Suzish. Suvda nafas chiqarish, qo‘l harakatlarini o‘rganish hamda erkin usulda suzish.
Suvdagi o‘yinlar. “Quticha”, “Dengizdagi to‘lqinlar” Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish
Ertalabki gigiyenik badantarbiya mashqlari. Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish, mashqlarni, qomatni to‘g‘ri tutgan holda bajarish.
Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo‘lish, derazaning kichik darchasini ochib qo‘yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish. Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo‘yin, qo‘lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so‘ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda ho‘llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish: avval qo‘llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho‘milish, kattalarning nazorati ostida cho‘milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo‘q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish.
Qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmasini tarbiyalash.
Ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga to‘g‘ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda). Qomatni to‘g‘ri mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash.
Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish. Badantarbiya mashqlarini bajarish. Harakatli o‘yinlarda faol qatnashish. Mashg‘ulot- lardan tashqari harakatli o‘yinlar o‘ynash.
Harakatli o‘yinlar Yugurib o‘ynaladigan o‘yinlar: “Quvlashmachoq”, “G‘ozlar”, “Ayyor tulki”, “Quyon uychasi”, “Oq terakmi - ko‘k terak”
Sakrash o‘yinlari: “Nima baland”, “Erda turma”, “Sakraydi-sakramaydi?”
Emaklashga oid o‘yinlar: “Bayroqchaga kim birinchi yetadi”, “O‘t o‘chiruvchilar”
Irg‘itishga doir o‘yinlar: “Ovchilar va quyonlar”,
“Xalqaga tushir”, “Koptokni urib chiqar”, “Chillak”
O‘yin estafetalar: “Nishonni mo‘ljalga ol”, “To‘siqli yo‘lakcha”
Ermak o‘yinlar: o‘zbek xalq o‘yinlari
Sport o‘yinlari: Basketbol, badminton, futbol, xokkey


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling