Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
Download 1.32 Mb.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni va harakatlar tartibi
- Asosiy harakat mashqlari
Harakatli o‘yinlar.
Yurish va yugurishga oid o‘yinlar. “Qo‘g‘irchoq- larnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan, tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda” kabilar. Emaklab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darvozaga tushir”. Irg‘itish va ilib olish. “To‘pni ilib ol darvozaga kirgiz”, “Savatchaga tashla, menga irg‘it” kabilar. Sakrab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Mening sho‘x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o‘t” kabilar. 3. O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni va harakatlar tartibi Bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot vaqtida bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga odatlantirish. Narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalar yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, velosiped uchish malakasini tarkib toptirish, turli tartibda saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda muvozanat saqlashga o‘rgatib borish. Ertalabki badantarbiya. Badantarbiya vaqtida yurish, yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga, gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped, chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish. Asosiy harakat mashqlari Yurish. Oyoq uchida tizzalarni baland ko‘tarib yurish, tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab yon tomonga yurish. Harakat tezligi va yo‘nalishlarini o‘zgartirib safda yurish. Yugurish. Oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1, 5 daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Sakrash. Turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda sakrash. To‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish, dumalatish, uloqtirish, ilib olish. Aylana orasidan to‘pni dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish. Emaklash va tirmashish. Kamida 10 m masofani emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab o‘tish. Gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish. Irg‘itish. To‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni urishga, og‘irligi 0, 5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish. Velosiped haydash. 3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish. Muvozanat saqlash. Bunda chiziq bo‘ylab muvozanat saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustida qo‘ygan holda yurish, gimnastika o‘rindiqsida bir-biri bilan almashib o‘tish, taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng o‘rindig‘ida muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib, ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar belda, yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish kabilar nazarda tutildi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling