Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
Download 1.32 Mb.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
Yugurishni mashq qilish. Oyoq uchida kichik va katta qadam tashlab to‘siqlarni oshib yoki aylanib o‘tish, yugurish vaqtida turli buyumlar orasida ilon izi bo‘lib yugurish (yugurish 1, 5-2 daqiqa davom yetadi) hamda 60-100 metrga o‘rta tezlikda yugurish.
Sakrashni mashq qildirish. Turgan joyda oyoqni juftlabsakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki chap oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka sakrash yugurib kelib balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay turgan arg‘imchoq ustidan sakrash. Otib va ilib olish, irg‘itishni mashq qildirish. To‘p bilan bajariladigan mashqlarni mukammallashtirish. To‘pni ketma- ket 1 metr yuqoriga otishga o‘rgatish. To‘pni yerga tashlash va ikki qo‘l bilan ilib olish, yuqoriga otib to tushgunga qadar qarsak chalishga ulgurish, ketma-ket 10 marta yerga urib o‘ynash. Turli usullarda ilib olish, og‘ir to‘plarni dumalatish kabilarni o‘rgatish. Emaklash va o‘rmalab chiqishni mashq qilish. To‘rt oyoqlagan holda bosh bilan to‘pni 3-4 metr masofaga itarish. To‘siqlar ustidan emaklab o‘tish o‘rindiq ustida orqaga va oldinga emaklash, qorin bilan siljish o‘rindiq ostidan emaklab o‘tish, siljish turlarini almashtirib turish gimnastika devoriga chaqqon chiqish arqonni ushlab osilish. Yotgan holatni egallash shuningdek, emaklab o‘tish, narvonga tez chiqib tushish, tirmashib chiqishning turli usullaridan foydalanib narvonga chiqish va tushish arqonga imkoni boricha yuqoriga tirmashib chiqish. Muvozanat qilishni mashq qilish. Cheklangan tor yo‘l bo‘ylab yonlama qadam qo‘yib, birinchi oyoq tovoniga ikkinchi oyoq uchini tekizib o‘tish, boshga qum xaltachani qo‘yib qiya taxta ustidan to‘g‘ri va yonlama yurish, qiya taxta ustida oyoq uchida chopib chiqish va orqaga qaytib tushish (dor o‘yini) Gimnastika o‘rindig‘ida tik turish va oyoq uchidan ko‘tarilish, so‘ng tovonga og‘irlikni tashlab o‘tirish, orqaga aylanish “Qaldirg‘och bo‘lib turish” gimnastika o‘rindig‘i ustidan yurib o‘tish, qo‘lni-qo‘lga berib juft bo‘lib aylanish. Velosiped haydash. 2 yoki 3 g‘ildirakli velosipedda to‘g‘ri, muyulishlar bilan, aylana qilib, ilonsimon usulda haydashga o‘rgatish. Umumrivojlantiruvchi mashqlar Qo‘l va yelka kamari muskuli uchun mashqlar. Dastlabki holat: qo‘llar ko‘krak oldida, qo‘llar yelkada, tirsaklar tushirilgan birinchi holatdan yon tomonga cho‘zish, qo‘llarni tirsakdan bukish va to‘g‘rilash ikkinchi holatdan qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘ygan holatdan yon tomonga yozish, yuqoriga ko‘tarish qo‘llarni oldinga, barmoqlarni qulf qilgan holda (barmoqlarning tashqi tomonini ichkariga burib) qo‘llarni oldinga va yuqoriga ko‘tarish, ikkala qo‘lni galma-gal bir vaqtda yuqoriga ko‘tarish va orqaga uzatish, barmoqlarni bukish va yozish. Oyoq uchun mashqlar. Turgan joyda qadam tashlash ketma-ket bir necha marta o‘tirib turish, oyoq barmoqlari bilan mayda narsalarni qisib olib ko‘tarish va pastga tushurish; Ularni bir joydan ikkinchi joyga qo‘yish, oyoq uchlari bilan tayoqqa suyanib, oyoq tovonlarini qadamlab yon tomonga qo‘yish. Gavda uchun mashqlar. Devorga yopishib tik turish qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish va tushirish, gimnastika devoriga yelka bilan yopishib turish, bukilgan va yozilgan holda oyoqni navbati bilan ko‘tarish, oldinga bukilib, engashish, tayanib o‘tirish, bir oyoqda tayanib o‘tirish holatiga o‘tish va ikkinchisini yon tomonga uzatish. Chalqancha yotib bir-biriga chalishtirib harakat qildirish, o‘tirgan holda boshni oyoqqacha engashtirish, qoringa yotgan holda qo‘llarga tiranish, bosh, yelkani ko‘tarib ikkala qo‘lni to‘g‘rilash hamda gimnastika devoriga osilib gavdani ko‘tarish. Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo‘lib turish va undan so‘ng aylana bo‘ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo‘linish va qayta saflanish, chap va o‘ngga qayta saflanish, chap va o‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, diagonal hosil qilib yurish. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling