Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
Download 1.32 Mb.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gavda uchun mashqlar.
- Harakatli o‘yinlar
- Raqs mashqlari.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qo‘l va yelka uchun mashqlar. Qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib-yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin-ketin navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish, tushirish orqaga siltash. Qo‘llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilish. Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbati bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma-ket bir necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish tovon bilan buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarish. Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda tutiladi. Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo‘lib saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo‘lib yurishga o‘tishga o‘rgatish. 3 guruhga saflanib turish. Harakatli o‘yinlar. “Uchdi-uchdi”, “Chori c hambar”, “Ko‘z boylag‘ich”, “Chitti gul”,“Qoch bolam, qush keldi” v.b. Sport mashqlari. Velosiped minish va unda doira bo‘ylab yurish, o‘ngga va chapga burilish. Roliklarda uchish; rolikli poyafzalni mustaqil kiyish va yechish, dastlabki holatga to‘g‘ri turish, ikki oyoqlab yurish, suzishga tayyorlash, Suvdagi o‘yinlar “To‘pning ketidan suz” v.b. Raqs mashqlari. Harakatlarni musiqa bilan boshlash va tamomlash, musiqa mazmunini va qismlarga qarab mustaqil ravishda harakatni o‘zgartirish, bir qator va juft bo‘lib dadil qadam tashlab, shahdam yurish, yengil yugurish, bir vaqtning o‘zida chapak chalib o‘ng oyoqni to‘pillatish, qo‘llarni mayin harakat qildirish, hakkalab sakrash, oyoq uchi va tovonlarni oldiga qo‘yish hamda erkin raqslarda o‘zbek xalq raqs harakatlaridan samarali foydalanish, laparlar aytishda qatnashish nazarda tutiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling