Sharob va xom sharoblarni mikrobiologik chidamliligiga baho berish usullari.
Dastlabki baholash usuli. Dastlabki, taxminiy-ekspress baholash usuli xom sharoblarni mikroorganizmlar -achitqilar, sut kislotasi, sirka kislota bakteriyalari bilan ifloslanganligi darajasini aniqlashga asoslangan. Olingan namunani mikroskopda ko‘rish yoki sentrifugalab, so‘ngra mikroskopda ko‘rish yo‘li bilan mikroorganizmlar hujayrasining umumiy soni aniqlanadi.
Oldin sentrifugalab, keyin mikroskopda ko‘rish uchun tekshiriladigan 10 ml material 25s-1 (1,5·103 ob/min da) tezlikda 10 minut yoki 50 s-1 ( 3,0·103 ob/min) aylanish 5 minut sentrifugalaniladi. Keyin cho‘kma ustida suyuqlikni butunlay quyib olib, mikroskopda ko‘rish uchun preparat tayorlanadi.
1 ml xom sharobdagi mikroorganizmlar hujayrasi sonini aniqlash uchun hisoblash kamerasidan foydalaniladi.
Mikroorganizmlarning sistematik guruxlarini taxminiy aniqlashda ularning mikroskopda ko‘rilgandagi morfologik belgilariga asoslanadi.
Sharob materiallarining xolatiga dastlabgi taxminiy ekspress baho berishda 9-jadvaldan foydalanib, mikroorganizmlarning miqdorini hisobga olish ma’lumotlari asosida baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |