Reja: Maxsulotlarni kimyoviy taxlil qilish
Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari
Download 31.31 Kb.
|
7-MA`RUZA.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chi q arish nazorati
- Sistema nazorati
- Mikrobiologik nazorat usullari.
- Uzumdan namuna olish .
Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari.
Nazorat qilish deganda mahsulotni sifat ko‘rsatkichi texnik talablarga javob berish tushuniladi. Nazoarat qilish usullari quyidagilarga bo‘linadi. Kirish nazorati-korxonalarga kirib kelayotgan mahsulotlar sifati nazarda tutiladi. Bunga texnik ko‘rik (ko‘rinishi va orgonaleptik nazorat) va jixozlar orqali nazorat tushuniladi. Ishlab chiqarish nazorati-bunga ishlab chiqarish jarayonidagi nazorat kiradi. U yordamchi , tayyorlovchi va texnologik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi hamma texnologik va kimyoviy nazorat amalga oshiriladi. Sistema nazorati - bu nazoratni yig‘indisi bo‘lib, bunga jixozlarga, priborlarga reaktivlarga va bajaruvchilarga qo‘yiladigan nazorat talablarini o‘z ichiga oladi. Qabul kilish nazorati - bu tayyor mahsulot ustida olib boriladigan nazorat turi bo‘lib, GOST ga to‘g‘ri kelishi tekshiriladi. Ushbu nazorat orqali mahsulot iste’molga yaroqligi tekshiriladi. Qabul kilish nazorati korxona laboratoriyasida amalga oshiriladi.
2. Mikrobiologik nazorat usullari. Sharobchilikda doimiy mikrobiologik tekshirish zarur, chunki u infeksiya o‘choqlarini topib, ularni o‘z vaqtida yo‘qotishga imkon beradi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonning har bir bosqichida mikrofloraning soni va sifati tarkibini bilish zarur. Mikrobiologik tekshirishda ikkita asosiy vazifa: sharbat, xom sharoblar va sharbatni bijg‘itishda ham, saqlanishida ham kechadigan mikrobiologik jarayonlarni kuzatish va ularga baho berishdan, infeksiyalangan xom sharoblar va sharoblarga qarash tartibini belgilash, kasallangan sharoblarni qayta ishlashdan iborat. Mikrobiologik tekshirish quyidagi sxema bo‘yicha: ob’ekt, joy, tekshirishning davriyligi, tekshiriladigan parametr, tekshirish usuli, ob’ektning mikrobiologik holatiga baho berish. Shirin uzum mezgasi, bijg‘itiladigan va spirtli mezga, saqlanmay tashlab yuboriladigan achitqi cho‘kmalari mikrobiologik jihatdan tekshirilmaydi. Sharobchilikda mikrofloralar hilma-xillikligi nazorati asosan 3ta gruppada aniqlanadi: · U yoki bu mikroorganizmlarni umumiy miqdorini aniqlash; · Mikroorganizmlar tarkibiy guruxini sistematik aniqlash; · Mikroorganizmlarni fiziologik holatini aniqlash; Aniqlashni 3chi guruxi sharob yoki sharbat xolatini tavsiflash uchun muhimdir. Ba’zida mikrobiologik nazoratda bu baholanmaydi, lekin bu ko‘rsatgich texnologik operatsiyalarni belgilashda etakchi bo‘lish kerak. Uzumdan namuna olish. Qo‘lda uzilgan uzumning mikroorganizmlar bilan infeksiyalanganligini tekshirish uchun transport birligining har xil joyidan 50 dona g‘ujum olib, 100 ml sterillangan suv quyilgan keng og‘izli kolbaga solinadi va 3-5 minut yaxshilab chayqatiladi. Mikroskopda ko‘rish uchun yuvilgan suvdan preparat tayorlanadi. Sharobdan namuna olish. Bir xil partiyadagi xom sharoblardan o‘rtacha namuna olinadi; zarur bo‘lganda esa qabul qilish va namuna olish qoidalariga mos holda har biri alohida idishdan olinadi.Ozuq muxitga ekish yo‘li bilan analiz qilish zarurati tug‘ilganda esa sterillilik qoidalariga amal qilingan holda namuna olinadi. Agar xom sharob uzoq vaqt saqlangan ( tinch turgan ) bo‘lsa, uning bir necha qatlamidan, shu jumladan, cho‘kmasidan ham namuna olinadi. Buning uchun rezina shlanglardan (qisqichli) va shisha naycha yoki namuna olinadigan asbobdan foydalailadi; har gal namuna olingandan keyin ular suv, keyin esa tekshiriladigan xom sharob bilan yuviladi. Infeksiyalangan vinomateriallardan namuna olib bo‘lgandan keyin, shlang va namuna olinadigan asbobni suvda, keyin spirtda chayish va faqat 5 minutdan keyin ulardan foydalanish mumkin. Agar pastki jo‘mrakdan namuna olish zarur bo‘lsa, oldin 5-10 l sharob materiali oqizib yuboriladi. Butilkalardagi sharobdan namuna olinadigan bo‘lsa, oldin ular yaxshilab chayqatiladi va quruq toza pipetkada butilkaning o‘rtasidan namuna olinadi. Namuna olingandan keyin iloji boricha tezroq analiz qilish kerak; namunalar 6±1C° da saqlanganda 2 soatdan kechiktirmay, agar mikrofloraning miqdoriy tarkibi aniqlanadigan bo‘lsa, 30 minutdan kechiktirmay analiz qilinadi.
Download 31.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling