Reja: Maxsulotlarni kimyoviy taxlil qilish


Download 31.31 Kb.
bet5/8
Sana30.11.2021
Hajmi31.31 Kb.
#178057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MA`RUZA.

3.  Degustatsiya asoslari. Sharob o‘ziga xos ta’mli mahsulot bo‘lib, uni organoleptik baxolash kimyoviy tekshirishlar natijasida olingan ma’lumotlarga axamiyatli qo‘shimchadir. Bizning sezgi a’zolarimiz tomonidan aniqlanadigan nozik idrok etish o‘rnini kimyoviy taxlil bosa olmaydi. Masalan, hidlash natijasida bir litrdagi xavo tarkibidagi aralashmada 1,10 dan to 1,10 mg miqdoridagi aromatik moddalar seziladi, xuddi shunday analiz bilan aniqlash mumkin bo‘lmagan moddalar ta’m organlari orqali seziladi. Barcha sezish organlarining aniqlashidan olingan ta’ssurotlar o‘z murakkabligiga ko‘ra takrorlab bo‘lmas analiz va sintez natijalaridir.

Mahsulotlarni sezish organlari yordamida tekshirish organoleptik tahlil  deyiladi. Qisqacha esa asosan ta’mini aniqlashga qaratilgan bo‘lganligi uchun "degustatsiya” deb ataladi.  Degustatsiiya-lotincha gustus so‘zidan olingan bo‘lib, ta’m ma’nosini anglatadi. Degustatsiya mohiyati sharobni sezgi a’zolarimiz, asosan, mazasini tatib ko‘rish. xidlash va ko‘rish orqali sinash bilan sezish (xis etish) dan iborat. 

         Sharoblarning degustatsion xarakteristikasi. Degustatsiya degustatorning sezish a’zolari yordamida aniqlangan sezishlar asoslangan va shuning uchun tekshirishning sub’ektiv usuli bo‘lib, bitta sharob namunasiga bir nechta malakali degustatorlar xar xil fikrlashlariga olib keladi. Sezish a’zolari juda kuchli va degustatsion xotirasi yaxshi bo‘lgan degustator sharobni ancha to‘g‘ri baxolaydi. Ammo, ana shu xotira va sezishlar etarli darajada rivojlanishi, degustatsion maktabi o‘tilgan bo‘lsa, sezish organlarini sistematik rivojlantirish, degustatsion saviyasini va degustatsion malakasini oshirib borilsa, yaxshi  degustator bo‘lishi mumkin.

Shu bilan bog‘lik xolda, sharobni degustatsion tasvirlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarga, terminlarga bog‘lik, ularni to‘g‘ri tanlab, uni fikatsiyalash xam da baxolash sistemasi muxim axamiyatga ega.

         Bunday xolda degustator mutaxassislari tayyorlash vazifasi osonlashadi. Degustator u yoki bu kategoriyadagi sharoblarni baxolashda sharobsoz tilida «ideal» (eng a’lo baxolanadigan, oliy nav) xisoblanadigan sharobni ko‘z oldiga keltirishi shart. Bundan tashkari, degustatsiyada sinaladigan sharobni tugri baxolash uchun mo‘ljallangan sharoblarni olish kerak. Buning ustiga degustator sharobchilikda bulardan tashqari u yoki bu kategoriya uchun sharob «ideal» (oliy nav) deb atalgan bo‘lishi kerak.

Vino degustatsiyadan o‘tishi davomida uning tashqi ko‘rinishi, xidi va ta’mi organoleptik tekshirilib, bular asosida vinoni umumiy o‘zaro mosligi va uning tipga muvofikligi xaqida fikr yuritiladi.




Download 31.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling