Reja: Maxsulotlarni kimyoviy taxlil qilish
Mahsulotlar sifati va uni aniqlash usullari
Download 31.31 Kb.
|
7-MA`RUZA.
Mahsulotlar sifati va uni aniqlash usullari.
Xom ashyo va tayyor maxsulotni baholash uchun xususiyat, sifat, sifat ko‘rsatkichi, sifat darajasi va boshqa tushunchalar ishlatiladi. Mahsulotni xususiyati-bu uning ob’ektiv maxsusligi bo‘lib, ishlab chiqarish jaryonida vujudga keladi. Har bitta mahsulot ko‘p xususiyatlarga ega va shu tufayli boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Masalan : pivo , sharbat, spirtsiz ichimliklar. Mahsulotning sifati - mahsulotlarni xususiyatini yig‘indisi bo‘lib uni maqsadga muvofiqligini va ishlatishga yaroqligini bildiradi. Sifat ko‘rsatkichi-bu mahsulotni sifatini miqdori xarakteristikasi bo‘lib, uni ishlatishga yaroqligini aniqlaydi. Sifat ko‘rsatkichi %-da, ballda , grammda va xokazolarda beriladi. Sifatni birlamchi ko‘rsatkichi-mahsulotni bitta xususiyatini ifodalaydi, masalan, aroљni quvvati hajmga nisbatan % da beriladi va etil spirtini miqdorini bildiradi. Sifatni kompleks, ko‘rsatkichi-bu mahsulotni sifati bo‘lib, bir qancha xususiyatlarini bildiradi. Kompleks ko‘rsatkich ballda beriladi. Sifatni bazaviy ko‘rsatkichi-bu mahsulotni sifat ko‘rsatkichi bo‘lib namunaviy maxsulotga nisbatan solishtiriladi. Bazaviy ko‘rsatkich sifatida maxsus GOST ga va TU ga javob beradigan mahsulot hisoblanadi. Mahsulot sifatini darajasi - bu bazaviy mahsulotni sifat ko‘rsatkichini yig‘indisini, tekshirilayotgan maxsulot sifat ko‘rsatkichini yig‘indisini nisbatiga tushuniladi. Bu kursatkich % xisobida beriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sifat darajasini organoleptik usul bilan belgilanadi va baxo ballda beriladi.
Download 31.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling