Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Depolyarizatsiyaning kritik darajasi


Download 0.78 Mb.
bet12/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu

Depolyarizatsiyaning kritik darajasi lokal (mahalliy) javob Agar nerv tolasiga qisqa vaqt davomida kuchsiz elektr toki ta’sir ettirilsa, tola ichidagi elektrod tinchlik potensialining biroz o‘zgarganini qayd qiladi. Bu elektrtonik potensialdir. O‘zgarmas elektr toki bilan nrv tolasiga ta’sir etilganda membrana potensialining o‘zgarishi katod (manfiy elektrod) va anod (musbat elektrod) atroflarida turlicha bo‘ladi. Tok ulanganda sirtdan o‘ralgan katod tagida depolyarizatsiya-qutublanishning yo‘qolishi kelib chiqadi, bu o‘zgarish katelektron deyiladi. SHu vaqtning o‘zida anod ostida giperpolyarizatsiya-o‘ta qutublanish ro‘y beradi.
Elektr toki kuchi ozroq oshirilsa bo‘sag‘adan past ta’sirlanish natijasi kuzatiladi: katelekrotonik potensialga oz miqdorda yana depolyarizatsiya qo‘shilib, mahalliy (lokal) javob shakllanadi. Membrana potensialining bu tarzda o‘zgarishi tarqoq emas, shuning uchun u lokal javob, deb atalgan. Lokal javobning miqdori kritik darajagacha etsa, harakat potensiali vujudga keladi. Ko‘pchilik nerv tolalar uchun membrana potensialining 70-80 mV dan-50 mV gacha kamayishi kritik daraja hisoblanadi.
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga to‘qimaning sekin oshib boruvchi ta’sirotga moslashish hodisasi-adaptatsiya deb ataladi.
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga elektr toki ta’sir etgandagina emas, mexanik, termik va boshqa ta’sirlovchilar qo‘llanilganda ham akkomadatsiya kelib chiqadi. Qo‘zg‘aluvchan turli to‘qimalarning akkomadatsiya tezligi keng ko‘lamda o‘zgarib turadi. Issiqqonli hayvonlarda harakatlantiruvchi nerv tolalarining akkomadatsiya tezligi hammadan yuqori. Sezuvchan tolalar akkomadatsiya tezligining kamroq ekanligi bilan ta’riflanadi. YUrak muskuli, chorak, siydik yo‘llari, me’dadagi silliq muskullarning tolalarida akkamodatsiya tezligi juda kam.
Qo‘zg‘alish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, mahalliy javob vaqtida nerv tolasining qo‘zg‘aluvchanligi bir oz oshadi. harakat potensiali cho‘qqisiga ko‘tarilganida tola qo‘zg‘aluvchanligi mutloq yo‘qoladi. Repolyarizatsiya boshlanishi bilan, qo‘zg‘aluvchanlik sekin-asta tiklanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling