Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Endotsitoz, fagotsitoz va ekzotsitoz


Download 0.78 Mb.
bet7/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-mavzu

Endotsitoz, fagotsitoz va ekzotsitoz. Ko‘p hujayrali organizmda har bir hujayra o‘zining modda almashinuvi darajasi bilan farqlanib turadi. Tashqi muhitdan hujayraga, hujayra ichi tuzilmalarini hosil qilishda ishtirok etadigan plastik hamda hujayrada parchalanib energiya beruvchi moddalar va kislorod kiradi. YUqorida aytilgan moddalar hamda suv, ionlar vitaminlar, gormonlar (hujayra funksiyasini boshqarib turuvchi) hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membrana orqali aktiv va passiv transport yo‘li bilan hujayraga kiradi. Xuddi shu yo‘l bilan hujayra metabolizmi mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Moddalarning hujayraga ichiga aktiv kirishi (endotsitoz) va tashqariga chiqarilishi (ekzotsitoz) energiya sarf bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pgina hujayra membranalarida shu jarayonni ta’minlovchi ATF-aza sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Moddalarning hujayra ichiga kirishida hujayra organoidlari, hususan endoplazmatik to‘r, Golji kompleksi ham ishtirok etadi.
Fagotsitoz. Ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari zarur moddalarni eritmalar holida oladi. Plazmatik membrana orqali hatto yirik molekulalarning hujayralar ichiga kirishi ham elektron mikroskopda ko‘rilgan.
Ba’zi bir hujayralar esa kattik moddalarni ham yutish qobiliyatiga ega. Bu jarayon fagotsitoz deb nomlanadi, buni birinchi marta N.N. Mechnikov tomonidan tomonidan o‘tgan asr oxirida aniqlangan. Fagotsitoz qobiliyati biriktiruvchi to‘qima hujayralari makrofagalarida, jigar sinusoid kapillyarning endotelila hujayralarida, buyrak usti bezi, gipofiz, qon ishlovchi organlarning retikulyar hujayralarida (suyak ko‘migi, taloq, limfa tuguni) ham bor. Bu hujayralarning hammasi retikuloendotelial sistemaga kiradi.
Fagotsitoz ketma-ket bo‘ladigan 4 fazadan iborat: 1) fagotsit va fagotsitoz qilinuvchi moddaning o‘zaro yaqinlashishi. Bu-fagotsitozning moddaga nisbatan xemotaksisi bilan belgalanadi: 2) fagotsit va fatsitoz qilinuvchi moddaning juda ham yaqinlashishi (atraksiya davri): 3) moddaning yutilishi: 4) hazm qilinishi.
Moddalarning fagotsitoz qilinishi fagotsit plazmatik membranasining invaginatsiyasi orqali ro‘y beradi. YUtilgan moddalar gidrolitik fermentlarga boy lizosomalarda parchalanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling