Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Download 0.78 Mb.
bet5/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu

Kiprikchalar. Tashqi ko‘rinishdan mayda tukchalarga o‘xshagan bo‘lib tebranuvchi epiteliy hujayralarning apikal qismi yuzasini qoplab turadi. Ularning soni 250-300 taga etadi. Kiprikchalar xuddi protoplazmatik o‘simtalarga o‘xshab, tashqi tomondan hujayra apikal qismida membrana bilan qoplangan bo‘ladi. Kiprichalar o‘ziga xos morfologik tuzilishga ega. Kiprik va tashqi tomondan plazmatik membranadan va ichi aksonemadan tashkil topgan. Aksonema tashqi devorini hosil qilishda mikronaychalarning 9 ta dupleti ishtirok etadi. Periferik dupletlardan tashqari aksonemaning markazida yana ikkita mikronaychalar joylashadi. Kiprik va mikronaychalari tizimini (9x2)+2 (sentriolaniki (9x3)+0 edi) deb ifodalanadi. Dupletlarda 13 subbirlikdan tuzilgan A va 11 subbirlikdan tuzilgan V mikronaychalar farqlanadi. A mikronaychadan V mikronaychaga dastachasi chiqqan bo‘ladi. A mikronaychadan markazga qarab bog‘lamcha chiqqan bo‘lib, u markazdagi mikronaychalarni o‘rab turgan tuzilmaga yo‘nalgan.
Bazal tanacha va aksonema bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, bazal tanacha tripletining A va V mikronaychalari o‘z davomini aksonema dupletidagi A va V mikronaychalarda topadi.
Odatda, kiprikchalar uzluksiz tez harakatlanib turadi. Kiprikchalarning asosiy vazifasi: nafas yo‘llaridagi havoni tozalab, ilitib berishdan, havo bilan kirgan yot zarrachalarni tutib qolishdan iborat. Ular uzluksiz harakatlanib turishi tufayli epiteliy yuzasiga chiqib turgan suyuq moddalar bilan bir tomonga oqadi. Jinsiy yo‘llarda esa jinsiy hujayralarning harakatini ta’minlaydi.
Xivchinlar. Ayrim umurtqasiz hayvonlardan ignatanlilar, elka oyog‘lilar va bosh skeletsizlarning ovqat hazm qilish sistemasi epiteliysini tashkil etuvchi hujayralarning apikal yuzasidan bittadan o‘simtasi bo‘lib, bu epiteliy xivchin deb yuritiladi. YUqori tabaqalangan umurtqali hayvonlarning spermatoizodining harakat organi ham xivchinlarga kiradi. Xivchinlarning o‘ziga xos vazifasiga qaramasdan, morfologik tuziliishi kiprikchalarga o‘xshaydi. Epiteliy kiprikchalari hamda xivchinlarning ko‘ndalang kesimi elektron mikroskopda ancha yaxshi o‘rganilgan. Natijada ular tarkibida adenozintrifosfataza fermenti ko‘p bo‘lishi aniqlangan, Ma’lumki, bu ferment umurtqali hayvonlarning muskul tolalarida ko‘p uchraydi va ularning qisqarishini ta’minlaydi. Albatta, spermatozoid hujayralarning harakati faqat adenozintrifos-fataza fermentiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki boshqa kompleks ta’siriga ham bog‘liq. Masalan,sperma suyuqligi tarkibidagi moddalar shunday ta’sir ko‘rsatadi. Xivchinlar qaysi hayvonda, qaerida bo‘lmasin ular kiprikchalar bilan bir xil tuzilgan bo‘ladi.
Kiprikchalar aksonemasidagi A mikronaychalar dinein oqsilidan iborat bo‘lib, bu oqsil ularning harakatini ta’minlaydi. Bundan tashqari tubulin oqsili ham uchraydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling