Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari
Download 0.78 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plazmodesma
Tirqishli aloqa. Membranalar orasidagi bo‘shliq 2-3 nm ni tashkil etadi. Membrana bo‘ylab xar 1-3 mkm da uchraydi. Ikkita membrananing bir-biriga yaqinlashgan joyida maxsus tuzilmalar yuzaga kelib ularning o‘rtasida kanalchalari bo‘ladi. Bu tuzilmalar konnektin oqsilidan iborat bo‘lgani uchun konneksonlar deb, aloqaning o‘zi esa neksus deb nom olgan. Ulardagi kanallar orqali bir hujayradan ikkinchisiga ionlar va quyi molekulali moddalar harakat qiladi. Bunday aloqa yurak miokardi mushak hujayralarida ko‘p uchraydi.
Sinaptik aloqa. Neyronlar orasida hosil bo‘ladi, nerv impulslarini o‘tkazish vazifasini bajaradi, nerv hujayralarining o‘simtalari orasida yuzaga keladi. Membranalar orasidagi bo‘shliq sinaptik bo‘shliq deyiladi va 20-30 nm tashkil etadi. Hujayralarning biri presinaptik, impulsni qabul qiluvchisi postsinaptik deyiladi. Plazmodesma - o‘simlik hujayralarida uchraydi. Ingichka kanalchalar bo‘lib 2 ta hujayrani biriktirib turadi. Kanalchalar diametri 40-50 nm. Plazmodesmalar orqali bir hujayradan ikkinchisiga moddalar harakat qiladi. Hujayralar bo‘linishidan so‘ng yangi hujayralar o‘sadi, hajmi ortadi va demak ularning membranasi ham kengayadi. Plazmolemmaning yuzasida doimiy ravishda lipid va oqsil molekulalarining yangilanib turishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yangilanib turishi Golji apparati xisobiga amalga oshadi. Golji apparati hosil bo‘lgan pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu erda bir-biri bilan qo‘shilib yangi membranani hosil qiladi. Bu jarayon asosan plazmatik membrananing shikastlanishida ro‘y beradi. Lekin plazmatik membrana yangilanib turishi hujayraning hayot faoliyati davomida ham sodir bo‘ladi. Hujayrada endoplazmatik to‘rda sintezlangan maxsulotlar Golji apparatiga o‘tib, bu erda konsentratsiyala-nadi va membranaga o‘raladi. Bu moddalar hujayradan ekzotsitoz yo‘l bilan chiqariladi. Bunda vakuolalar plazmatik membranaga yaqinlashib ularning membranasi plazmatik membrana bilan qo‘shiladi, vakuol ichidagi mahsulot esa tashqariga chiqariladi. SHu hisobiga plazmatik membrana sathi kattalashadi. Ichkariga fagotsitoz yo‘l bilan kirayotgan molekulalar hujayra yuzasiga kelib bu erda plazmatik membrana bilan o‘ralib ichkariga kiradilar va natijada plazmatik membrana usti kattalashadi. Demak, plazmatik membrana yangilanib turishida asosiy vazifani Golji apparati bajaradi. YUqorida aytib o‘tilganlarni umumlashtirib, biologik membranalarning quyidagi umumiy xususiyatlarini keltirish mumkin: 1. Xamma membranalarning umumiy qalinligi 5-10 nm ni tashkil etadi. 2.Membrana lipoproteinli tuzilma bo‘lib, ba’zi oqsil va lipid molekulalariga tashqi tomondan uglevod komponentlari birikadi. Membrana tarkibidagi uglevodlar 2%~10%ni tashkil etadi. 3.Lipidlar ulardagi qutbli boshchalar va qutbsiz dumchalari yordamida biqatlamni hosil qilib joylashadi. 4.Membrana tarkibidagi oqsillar turli tabiatga ega bo‘lib, turli vazifani bajaradi. 5. Membrana yuzasidagi glikokaliks guruhi topib olish xususiyatiga ega. 6.Membrananing tashqi va ichki tomonlari tarkibi va xususiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Hujayra tashqi apparatining submembrana tizimi faqat eukariotlarda bo‘lib, unda 2 ta asosiy qism ajratiladi: hujayraning tayanch qisqarish tizimi va periferik (chekka) gialoplazma. Tayanch-qisqarish tizimi mikrofibrillalar, mikronaychalar skeletli fibrillyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar, deyarli barcha eukariot hujayralarda uchrab, tayanch vazifasini bajaradi. Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsillari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilamentlardan iborat to‘rni hosil qiladi. Tayanch-qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronaychalar. Ularni tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat Mikrofibrillalar singari mikronaychalar o‘zi yig‘ilib va tarqalib turadigan tizim. Mikrofibrillalar va mikronaychalar plazmatik membrana o‘simtalarini mikrotukchalar, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishda ishtirok etadilar. Hayvon hujayralari yuzasida ko‘p uchraydigan usimtalar mikrotukchalardir. Ular sitoplazmaning hosilalari bulib membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epiteliysining 1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha to‘g‘ri keladi. Mikrotukchalar orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikokaliks bilan to‘lgan bo‘lib shu joyda moddalar ichkariga so‘riladi. Vazifasi oxirigacha urganilmagan, asosan so‘rish maydoni hajmini kattalashtiradi. Plazmatik membrana usimtalarining yana bir kurinishi kiprikcha va xivchin. Plazmatik membrana bilan o‘ralgan, bo‘lib, asosida bazal tanachasi bo‘lgan mikronaychalardan tuzilgan. Diametri 200 nm, uzunligi 200 mkm. Kiprikcha 1 ta bo‘lsa xivchin deyiladi. Hayvon hujayralarida uchraydi, o‘simliklarda erkak gametalarda hosil bo‘ladi. Vazifasi harakat. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling