Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Plazmatik membrana orqali moddalarning harakatlanishi


Download 0.78 Mb.
bet2/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu

Plazmatik membrana orqali moddalarning harakatlanishi.
Plazmolemma yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning yuzasidan turli kattalikdagi molekulalar turli tezlikda harakat qiladi.Hujayra va atrof-muhit o‘rtasidagi moddalar almashinuvi plazmatik membrananing moddalarni tanlab o‘tkazishi bilan ro‘y beradi. Bu membrana hujayra tarkibining turgunligini tartibga solib turishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. CHunki hujayra pardasi orqali unga barcha to‘yimli moddalar kiradi va hujayraning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan mahsulot ( masalan, sekrektor kiritmalar) hamda chiqindi moddalar chiqariladi. Hujayra membranasi ayrim moddalarning kirishiga monelik qilish bilan bir qatorda boshqalariga to‘sqinlik qilmaydi.Moddalar hujayraga diffuz yo‘li bilan kirishi mumkin. Ma’lumki diffuziya xodisasi-bu moddaning yuqori konsentratsiyali joydan past konsentratsiyali o‘ringa tarqalishidir. SHunga, binoan osmos hodisasi ya’ni erituvchi modda molekulalarining yarim o‘tkazuvchi membrana (masalan, hujayra plazmatik membranasi) orqali diffuziyasi ro‘y beradi.
Erigan molekulalarning (yoki ionlarning) konsentratsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, to‘qnashuv ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi. Binobarin, ma’lum bir narsa ichidagi molekulalar makon vaqt o‘tishi bilan teng taqsimlanishga moyildir. Ularning tasodifiy aralashishi tufayli molekulalardan bir tekis tarqalishi oddiy diffuziya (diffusere "tarqalish" degan ma’noni anglatadi).2
YArim o‘tkazuvchi membranalar orqali suvning harakati osmos deyiladi. Moddalarning bunday transporti passiv transport bo‘lib, modda konsentratsiyasi gradienti bo‘ylab, ya’ni kam tomondan ko‘p tomonga harakat qiladi. Lekin membranada modda konsentratsiyasiga qarshi transport ham mavjud bo‘lib u aktiv transport deyiladi, chunki energiya sarfi - adenozintrifosfat (ATF) ishtiroki bilan boradi. Bu yo‘l bi­lan

2-rasm. Diffuziya hodisasi.


membranadan organik molekulalar o‘tadi. SHunga ko‘ra hujayra o‘z sitoplazmasida ionlar konsentratsiyasini ma’lum darajada saqlab turadi.


Hujayrada muntazam ravishda bir qancha katta-kichik molekulalar, turli organik birikmalar hamda kaliy, magniy, fosfat, natriy, xlor ionlar bo‘ladi. hujayradagi natriy ionning konsentratsiyasini pazmatik membrana shu ionlarni chiqarib turish yoki qabul qilish bilan boshqarib turadi. Demak, hujayradagi natriy ioni konsentratsiyasining oshib ketmasligi shu ionlarni hujayradan chiqarib turuvchi mexanizm orqali bajariladi. SHu mexanizm hujayrada Na+ yig‘ilib hujayraning bosimini ortib ketishidan va pirovardida, hujayrani nobud bo‘lish (shishib, yorilib ketish) dan asraydi. Modomiki, natriy ioni hujayraga diffuz yo‘li bilan kirib, unda konsentratsiyasini oshirsa, hujayraning plazmatik membranasidagi fermentlar hamda energiya sarfi (ionlarni faol tashqariga chiqarish) bilan shu ion konsentratsiyasining hujayradagi turgunligini ta’minlaydi. Ionning hujayraga kirishi va chiqarilishi mutanosibligidagi o‘zgarish hujayra membranasining funksional holatini o‘zgartiradi (nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish impulsini ayrim hujayralarda sekretsiya jarayonini yuzaga keltiradi) hamda hujayra ichi va uni o‘ragan muhitdagi boshqa ionlarning holatiga ta’sir etadi. SHu “nasos” ning mavjudligi o‘simlik hujayralarining tarangli-bosimini yuzaga keltiradi va o‘simliklarning yashash sharoitiga qarab, uning so‘lib qolish va qayta oldingi holatga qaytishini ta’minlaydi.
Hujayralarga turli ionlarning kirishi va chiqishi yuqorida bayon etilgan “nasos” jarayoni orqali yuz bersa, ayrim organik moddalar (glyukoza) ning kirib chiqishi esa faol o‘tkazish jarayoni bilan amalga oshadi. Agar hujayrada organik molekula kam bo‘lsa, u modda diffuziya yo‘li bilan hujayraga kirishni davom ettiradi. Hujayrada shu moddaning konsenratsiyasi ortib ketsada, uning normal faoliyati shuni taqoza etsa shu modda hujayraga kirishni davom ettiradi. Modda shu hujayraning plazmatik membranasidagi “tashuvchi” modda bilan birikib, konsentratsiya oqimiga qarshi harakat qiladi. Bu “kuchli” oqimini engish uchun energiya sarflanadi. Membrana energiyasi tufayligina bu modda yuqori konsentratsiyali muhitga o‘tib oladi. Demak, bu moddaning kirishida ikki narsa: moddani biriktirib oluvchi ya’ni ferment va energiya sarfi muhim rol o‘ynaydi.
Hujayra membranasi modda va ionlar harakatida barer (to‘siq) vazifasini bajaradi. Hujayraning ichki muhiti hujayra atrof- muhitidan farq qiladi. Masalan, eritrotsit atrofidagi K+ konsentratsiyasi yuqori, sitoplazmada esa Na+,Sa + nasosi tushunchasi asosida hujayradagi qo‘zg‘alish (nerv hujayrasi o‘simtasi bo‘yicha qo‘zg‘alishning uzatilishi hamda mushakdagi qisqarish jarayonlari) izohlanadi. Na+/K+ nasosi jarayoni amalga oshishi uchun hujayra ichida Na + zarur. Hujayraga K+ning kirishi sitoplazmadan Na+ chiqarilishini taqoza qiladi. Bu ikki jarayon o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ikkala ion nasosi birga ishlaydi. Hujayraga kirgan K+ ionning miqdori hujayradan chiqarilayotgan Na + miqdoriga teng bo‘lmaydi. Hujayradan chiqarilayotgan 3 ta natriy ioniga bitta K ionning kirishi to‘g‘ri keladi. Bunda bir molekula ATF parchalanib hosil bo‘lgan energiya yuqoridagi ionlar almashinuvi jarayonini ta’minlaydi. Suv diffuziya yo‘li bilan membranadan o‘tadi. Ionlar, qandlar, aminokislota, nukleotidlar kabi erigan moddalar mahsus membrana tashuvchilari- oqsillar yordamida o‘tkaziladi. Bu oqsillar har bir tashiluvchi uchun maxsusdir.
Hujayralardan chiqadigan modda membranasining ikki tomonidagi konsentratsiyasi farq (konsentratsiya gradienti) bilan aniqlanadi. CHiqadigan modda zaryadlangan bo‘lsa, uning transportiga konsentratsiya gradienti hamda membrananing umumiy elektrik gradienti-membrana potensiali ta’sir qiladi. Konsentratsiya gradienti membrana potensiali bilan birgalikda hujayra membranasining elektroqimyoviy gradientini hosil qiladi.
Membranadagi tashuvchi oqsil erigan moddani elektroqimyoviy gradientga qarshi faol transport etib, uni surib o‘tkazadi. Ayrim, passiv tashishni amalga oshiruvchi oqsillar hujayra membranasida naychalar hosil qiluvchi oqsillarni tashkil etib, ma’lum kattalik va zaryadga ega bo‘lgan, erigan molekulalarining diffuziya yo‘li bilan o‘tishini ta’minlovchi naychalarni shakllantiradi. Ayrim oqsillar tashiluvchi moddani biriktirib olib, membranadan o‘tkazadi. Bunday o‘tish jarayoni engillashgan diffuziya hisoblanadi.
Plazmolemma hosilalari. Adgeziya hodisasi. Plazmolemma hosilalari: mikrotukchalar, kiprikchalar, xivchinlar.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling