Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Download 0.78 Mb.
bet3/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu

Hujayralararo aloqalar. Plazmatik membrana hujayralararo aloqada faol ishtirok etadi. Bu aloqalar ko‘p hujayrali organizm hujayralari orasida sodir etadi. Embrional rivojlanish davrida hujayralar yuzasi bir-biri bilan yopishib birikadi. Bu birikish oddiy aloqa - adgeziya deyilib, bunda ikkita hu­jayra orasida 20 nm li bo‘shliq hosil bo‘lib, u glikokaliks bilan to‘lib turadi. Voyaga etgan organizmlarda epiteliy to‘qimasida uchraydi.
Qulfchali yoki ilmoqli aloqa bitta hujayraning plazmolemmasi ikkinchi hujayra plazmolemmasi ichiga botib kiradi. Fibroblastlar uchun xosdir.
Zich aloqa ikkita hujayraning membranalari bir-biriga maksimal yaqinlashgan bo‘lib, ikkala hujayraning tashqi qavatlari o‘zaro qo‘shilib ketganday bo‘ladi. Aloqaning sitoplazma tomonida ko‘pgina fibrillalar joylashadi. Bunday aloqa faqatgina hujayralarning zich aloqasini ta’minlab qolmay, balki shu joylarda hujayraga moddalar kirmaydi, ya’ni hujayra tashqi muhitdan izolyasiyalanadi ( ajratiladi). Bunday aloqa bir qavatli epiteliy hujayralari uchun xos.
Bo‘shliqli aloqa. Membranalar orasidagi bo‘shliq 25-30 nm ni tashkil etadi. Bo‘shliqli aloqaning bir ko‘rinishi desmosomalardir.
Bo‘shliq birikmalari orqali kichik ionlar va molekulalar o‘zaro ta’sir qiluvchi hujayralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashinadi. Kichik diametrli tunnellar suvda eruvchan zarrachalarning hujayralar orasidan o‘tishiga imkon beradi, ammo hayotiy hujayra ichidagi oqsillar kabi yirik molekulalarning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. 3

3-rasm. Ikki hujayra orasidagi bo‘shliqli aloqa.




4-rasm. Bo‘shliqli aloqa orqali molekula va ionlarning o‘tishi.




Desmosomalar - zich plastinkalar bo‘lib, ulardan sitoplazmaga qarab fibrill tolalari o‘tgan bo‘ladi. Ikkita hujayraning plazmatik membranalari orasi desmoglein moddasi bilan to‘lgan bo‘lib, u hujayralarni bir-biri bilan birikishini ta’minlaydi. YUrak mushaklari, qon tomirlari devori hujayralarida uchraydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling