Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari
Download 0.78 Mb.
|
2-mavzu
Qo‘zg‘alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi, ularning tuzilmalarida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bulardan elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
«Hayvon elektri» haqidagi ta’limotning shakllanishi L.Galvani, K.Metteuchi, E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog‘liq. Umuman XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarini o‘rganish boshlandi. SHu davrda elektr tokini hosil qilish yo‘llari topildi. Elektr tokining tirik to‘qimalarga ta’sirini o‘rganishda baqaning orqa oyog‘idan tayyorlangan preparat qulay bo‘ldi. Elektr manbaning bu preparatga ta’sir qilishi muskulni qisqartiradi. Italiyalik olim L.Galvani atmosfera elektrining ta’sirini o‘rganishga kirishganida bu preparatdan foydalangan. 1780 yil u baqaning umurtqa pog‘onasiga birlashgan oyoq preparatni tayyorlab, umurtqalar orasidan mis ilmoq o‘tkazib, boloxona ayvonning temir panjarasiga osib qo‘ydi. havo ochiq bo‘lganda ham atmosfera elektri bor bo‘lsa, u muskulga ta’sir qilib, qisqartiradi deb o‘ylagan. Ammo hech qanaqa qisqarish kuzatilmagan. SHamol turib, preparatni tebratgach, baqa oyog‘ining uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tekkanda, muskul qisqargan. Galvani bu hodisani quyidagicha tushuntirgan. Baqaning orqa miyasida hosil bo‘lgan «hayvon elektri» o‘tkazgich mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga etib kelgan va ularning qisqarishiga sabab bo‘lgan. Tirik organizmda ham elektr hosil bo‘ladi degan xulosaga kelgan. Galvanining tajribasi olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Keyinchalik Galvani tajribalariga Aleksandr Volta qiziqib qoldi va hayvonlarda elektr toki yo‘q deydi. U ikki xil metal birlashtirilganda, masalan, temir panjara bilan mis ilmoq birlashtirilganda potensiallar farqi vujudga keladi, muskulning qisqarishiga shu sabab bo‘ladi deydi. Ikkalasi orasida kuchli ilmiy munozara boshlanib ketib, ikkalasi ham juda ko‘p tajribalar o‘tkazishdi. Galvanining metal ishlatmasdan 1791-1792 y o‘tkazgan tajribasi masalani uzil-kesil hal qildi. U baqaning quymich nervni ajratib olib boldir mushagiga tashlab qo‘yadi, shunda mushak qisqaradi. Bu tajriba Galvanining haqligini isbotlab berdi. U yana bir tajriba o‘tkazdi, ikkita nerv-muskul preparat tayyorlab, birinchi preparatning mushagiga ikkinchi preparatning nervini tegizdi, birinchi preparatning nerviga kuchsiz toki ta’sir etilganda, ikkinchi preparatning mushagini qisqarishi kuzatildi. XIX asrning 20 yillarida galvonometr, ossillograf va boshqa elektr o‘lchash asboblari kashf etilgach fiziologlar tirik to‘qimalarda yuzaga kelgan elektr tokini aniq o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1883 yilda N.E.Vvedenskiy odamlarda nerv va mushaklardan elektr toki o‘tishini telefon orqali eshitadi. 1838 yilda Italiyalik olim K.Metteuchi galvanometr yordamida hayvon elektrini bevosita o‘lchab, uning mavjudligini uzil-kesil isbotladi. Hozirgi vaqtda elektronika taraqqiy etganligi tufayli fiziologiya ixtiyorida g‘oyat mukammal o‘lchash asboblari: elektrokardiograf (EKG), elektroensefalograf (EEG), jigar reografi, yurak reografi, buyrakni o‘rganuvchi asboblar, ossillograflar majud. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling