Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari
Download 0.78 Mb.
|
2-mavzu
Pinotsitoz. Qattiq moddalarni fagotsitoz qilishdan tashqari hujayra suyuq moddalarni ham yutishi mumkin. Bu jarayonni birinchi marta Lfis kuzatgan.
Elektron mikroskopda oxirgi yillarda olib borilgan tekshirishlar pinotsitoz jarayonida hujayra plazmatik membranasining ahamiyati kattaligini ko‘rsatdi. Suyuqlik tomchisi hujayra membranasining bir qismi bilan o‘ralib, sitoplazmaga o‘tadi va u erda hujayra qobig‘idan ajraladi. SHunday qilib, pinotsitoz pufakcha devori plazmatik membranada tashkil topgan. Pinotsitoz mexanizmi quyidagi fazalarni o‘z ichiga oladi: 1) tashqi sitoplazmatik membrana invaginatsiyasining hosil bo‘lishi: 2) shu invaginatsiyalarga suyuqlik tomchisining yutilishi: 3) pufakchalarning sitoplazmaga o‘tishi hamda sitoplazmatik vakuolalarning hosil bo‘lishi. Pinotsitozga yaqin jarayon rofeotsitoz bo‘lib, bunda submikroskopik zarrachalar va makromolekula yutiladi. Rofeotsitozni pinotsitozdan farqli ravishda faqat elektron mikroskopda ko‘rish mumkin. Tashqi muxitning organizm ichki xolatining xar qanday o‘zgarishi etarlicha katta bo‘lsa, etarlicha tez ro‘y bergan bo‘lsa va etarlicha uzoq davom etsa, tirik xujayraning yoki butun organizmning ta’sirlovchisi bo‘la oladi. Fizikaviy ta’sirlovchilarga temperatura, mexanik (urish, igna sanchish, bosim, tezlanish...). Tarkibi va xossalari xar xil bo‘lib, xujayralar strukturasini va ulardagi modda almashinuvini o‘zgartiradigan ko‘pgina moddalar-ximiyaviy ta’sirlovchilarga kiradi. Ba’zi. xujayra va to‘qimalar ta’sirotga tez javob kuzsatishga maxsus moslashgan. Bunday xujayra va to‘qimalar qo‘zg‘aluvchyn deb ataladi, ularning ta’sirotga ko‘zg‘alish bilan javob qaytarish xossasi esa qo‘zg‘aluvchanlik deb yuritiladi. Qo‘zg‘alish fizikaviy, ximiyaviy, fizik-ximiyaviy protsesslar va funksional o‘zgarishlar yig‘indisida namoyon bo‘ladigan murakkab biologik reaksiyadir. Qo‘zg‘alish paytida xujayra yuzasidagi membrananing elektr xolati albatta o‘zgaradi. Organizm funksiyalarini va reaksiyalarining o‘zaro boglanganligi organizm birligi va bir butunligi - funksiyalarini boshkaradigan va uyg‘unlashtiradigan ikki mexanizm borligidan kelib chiqadi. Bulardai biri - gumoral yoki ximiyaviy mexanizm filogenetik jixatdan eng qadimgi bo‘lib moddalar almashinuvi jarayonida xar xil birikmalar parchalanish va sintezlanish maxsulotlari vujudga keladi. Ichki sekretsiya bezlari ruyobga chikaradigan gormonal regulyasiya funksiyalari ximiyaviy jarayonlarning bir ko‘rinishidir. Nerv regulyasiyasi xujayralar faoliyatining o‘zgarishida, ularning doimiy xolatda tutilishida va tinch xolatdagi modda almashinuviga nerv sistemasining ta’sir etishi uning maxsus tropik funksiyasi borligini ifodalaydi deb qarashadi. Har bir tirik to‘qimada qo‘zg‘aluvchanlik xossasi bor, ya’ni, ular ta’ssurotlarga faoliyat ko‘rsatadi. Turli to‘qimalar; nerv, mushak va bez to‘qimalarining ta’ssurotlarga javob qaytarish xossasini qo‘zg‘aluvchanlik deb yuritiladi. Ta’sirlanuvchanlikning yuzaga chiqishi turlicha bo‘lishi mumkin (moddalar almashinuvining va o‘sishining tezlashishi, shira ajralishi, harakatga kelishi, elektr impuls ishlab chiqarish va h.z). Tirik mavjudot faolligini o‘zgartiruvchi omillar ta’sirlovchilar deyiladi. Tashqi yoki ichki muhitning o‘zgarishlari etarli kuchga ega bo‘lsa, etarlicha tez ro‘y bersa va etarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki organizmning ta’sirlovchisi bo‘la oladi. Qo‘zg‘aluvchanlik sezuvchi nerv tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor hujayralarga xos xususiyatdir. Qo‘zg‘alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug‘lik va boshqa omillar ta’sirlovchilar bo‘lishi mumkin.Muayyan qo‘zg‘aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat ta’sirlovchilar tafovut qilinadi. Qo‘zg‘aluvchan hujayra faqat adekvat ta’sirlovchini qabul qilishga moslashgan bo‘lib, uning juda oz miqdoriga ham qo‘zg‘alish bilan javob beradi. YOrug‘lik nuri fotoretseptorlar uchun, tovush-eshituv retseptorlari uchun, hidli moddalar hid retseptorlari uchun adekvat ta’sirlovchilardir. Boshqa ta’sirlovchilar yuqoridagi hujayralar uchun noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta’surotlar ham ixtisoslashgan hujayralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat ta’sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming barobar kuchli bo‘lishi kerak. Qo‘zg‘alishni paydo qilish uchun zarur bo‘lgan ta’surotning eng kam kuchi bo‘sag‘a (pog‘ona) kuchi deyiladi. Bo‘sag‘adan kam kuchga ega bo‘lgan ta’surotlar qo‘zg‘alishni paydo qila olmaydi, bu bo‘sag‘a osti kuchi deyiladi. To‘qimani qo‘zg‘atish uchun etarli bo‘lgan qitiqlash kuchidan ko‘proq kuch submaksimal kuch deyiladi. Eng kuchli qo‘zg‘alishni vujudga keltiradigan qitiqlash kuchi maksimal kuch deyiladi. To‘qimalar-ning qisqarish balandligi ta’sirot kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Fiziologiya labaratoriyalarida to‘qimalarni qo‘zg‘atish uchun Dyubua-Reymon g‘altagidan foydalaniladi. Qitiqlagichlarning ta’sir etish kuchi va uzoq-qisqa muddat davom etishi ham qo‘zg‘alish kelib chiqishida katta rol o‘ynaydi. To‘qimaga ta’sir etadigan elektr toki qanchalik kuchli bo‘lsa, u shunchalik qisqa vaqt ichida to‘qimani qo‘zg‘atadi. Aksincha, elektr-toki qanchalik kuchsiz bo‘lsa, u to‘qimani qo‘zg‘atish uchun shunchalik uzoq (ko‘p) ta’sir etishi kerak bo‘ladi. Qo‘zg‘alish hosil qilish uchun qitiqlagich sarf etgan eng qisqa vaqt foydali vaqt deyiladi. Ba’zi bir ta’sirotlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni, masalan, moddalar almashinuvi va o‘sishning sustlashishini, qo‘zg‘aluvchanlikning kamayishini sodir qilishi mumkin, bu tormozlanish reaksiyalaridir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling