Reja Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponentlari-ning funksiyalari


Download 0.78 Mb.
bet6/13
Sana02.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1320702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu

Mikrotukchalar. Mayda sitoplazmatik o‘simta bo‘lib, hujayraning apikal qismi yuzasida joylashgan, shakli silindirsimon, uchi yumaloq, ya’ni gumbazsimon bo‘ladi. Har bir hujayrada bunday mikrovorsinkalarning soni 1000 taga yaqin bo‘ladi. Ularning uzunligi taxminan 1,1 mk, diametri 0,1 mkg na teng. Har xil hujaralarda turlicha uzunlikda va turlicha sonda bo‘ladi. Ularni faqat elektron mikroskopda kuzatish mumkin. Ichak epiteliysi mikrovorsinkalari yig‘indisi so‘ruvchi jiyak yoki kutikulani hosil qiladi. Mikrovorsikalar asosan jadal ravishda so‘rishi kerak bo‘lgan organlarning epiteliy yuzalarini (ichak, buyrak kanallari yuzalarini) qoplab turadi. Me’dada parchalangan ovqat moddalari ichaklarga tushganida mikrovorsinkalar tekislanib yoziladi, natijada ularning so‘rish yuzasi 30 baravargacha kattalashadi. Ovqat moddalari qon tomirlarga so‘rilgandan keyin vorsinkalar yana o‘z holatiga qaytadi va avvalgi hajmini egallaydi. Ichak epiteliysining 1mm2 yuzasida 2*108 ta mikrovorsinka bo‘ladi. Har qaysi mikrovorsinka ichida submikroskopik kanalchalar bor. Bu kanalchalar faqat mikrovorsinkalarning oziq moddalarni so‘rish yuzasining kengayishini ta’minlamay balki ularning o‘ziga xos “govakligini” ham ta’minlaydi.
Bundan tashqari, mikrovorsinkalar bagrida ovqatning etarli darajada parchalanib so‘rilishini ta’minlaydigan ayrim fermentlar bo‘lib, ular murakkab birikmalarni oddiy birikmalarga aylantiradi. Natijada etarli darajada parchalangan ovqat hujayra membranalaridan bemalol o‘tib, qon tomirlarga tushadi. Mikrovorsinkalarning yana bir xususiyati parchalanmaydigan va organizm uchun kerak bo‘lmagan ayrim mikroorganizmlarni qonga o‘tkazmaydi, ya’ni u to‘siq (barer) vazifasini ham o‘taydi.
Tashqi apparatning membrana usti tuzilmalari. Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilmalar kiradi. Bulardan biri glikokaliks bo‘lib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy etgan, o‘simlik hujayrasida kamroq uchraydi. Uning tarkibiga membrananing periferik oqsillari, glikolipidlar va glikoproteinlar kiradi. Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo‘lgani uchun hujayra tashqi apparatning muhim retseptorlik vazifasini bajaradi. Glikokaliksning tuzilishi xar bir hujayra uchun muayyan bo‘lib, takrorlanmaydi, shunga qarab hujayralar bir-birini tanib oladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi mikrotukchalar orasida joylashgan glikokaliks hujayra usti hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
Hujayra tashqi apparatining membrana usti tuzilmalariga shuningdek prokariot va o‘simlik hujayralaridagi hujayra devori kiradi. Bu tuzilmalarning mahsuloti hujayraning o‘zida sintezlanib plazmatik membrana yuzasiga chiqariladi. Bularning tuzilish prinsipi temir betonga o‘xshaydi-elastik asosga karkas tolalar kirib turadi. Tarkibi polisaxaridlardan iborat. Hujayra devori faqat himoya vazifasini bajarib qolmay, turgor holatni saqlaydi.
Hayvon hujayrasi organizmdan ajratib olinib suvga solib qo‘yilsa biroz vaqtdan so‘ng hujayra shishib yoriladi, chunki plazmatik mem­brana orqali ichiga suv kiradi. Organizm ichida bu xodisa ro‘y bermaydi, chunki u erda hujayralararo suyuqlikdagi tuzlar konsentratsiyasi hujayra ichidagi konsentratsiyasiga yaqin.
CHuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizmlar ham lizislanmaydi (parchalanmaydi). CHunki doimiy ravishda hujayra nasosi - qisqaruvchi vakuol ishlaydi. Izotonik muhitda yashovchi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi vakuol yo‘q .
Agarda suvga bakteriya yoki o‘simlik hujayrasi joylashtirilsa, uning hujayra devori butun bo‘lsa u lizislanmaydi. Agar maxsus fermentlar ta’sir ettirib, hujayra devori eritilsa shu vaktning o‘zida hujayra shishib yoriladi. Demak, hujayra devori hujayra ichiga ortiqcha suv kirishidan saqlar ekan. Hujayra ichiga suv kirgan mahalda hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha suv kirishiga to‘sqinlik qiladi.
O‘simliklarning hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan:
1. Amorf gelsimon matriksi - polisaxaridlar bo‘lmish gemitsellyuloza va pektindan;
2. Tolasimon komponent - sellyuloza tolalaridan iborat.
Matriks 60% ni, sellyuloza tolalari esa 30%ni tashkil etadi. Paxta tolasida sellyuloza 90% gacha bo‘ladi. Undan tashqari hujayra devori tarkibida boshqa moddalar ham uchraydi: lignin- yog‘ochlanishga olib keladi, suberin - po‘kak hosil qiladi; mum va kutin moddasi -himoya vazifasini bajaradi va suv bug‘latishdan saqlaydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling