- Nafsingni shunday mashq qildirki, toki u amringga quloq soladigan bo’lsin. O’g’il so’radi:
- Men qaysi paytda aqlli bo’lishim mumkin?
- Nafsingga hokim bo’lganingda, — dedi.
Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy xislatlarning hammasini bir kishi to’la-to’kis
egallab olishi juda qiyin, albatga. Lekin shunday fazilatlarga ega bo’lishga barcha rahbarlar intilishi
kerak. Ammo obro’li bo’lish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zarurdir.
Obro’
— bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga ortgirilgan, rahbar uchun
zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida
ham, o’ziga bo’ysunuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham
obro’ga ega bo’lishi lozim.
Obro’ halol mehnat, tashabbuskorlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish,
jamoa a’zolariga talabchanlik va g’amxo’r bo’lish, o’z ishini chuqur bilish bilan orttiriladi.
Shuni
esda tutish lozimki, xizmat mavqei o’z-o’zidan obro’ keltiravermaydi. Rahbar xizmat
mavqeiga faqat muayyan ne’matlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur.
U shuni yoddan
chiqarmasligi kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qo’yilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitga
afzallikka ega bo’ladi, u ham bo’lsa:
O’z jamoasi, umuman xalq manfaati uchun bor kuchi bilan ishlashi,
elim deb, yurtim deb
yonib yashashi kerak.
Rahbar shu talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida quyidagi
salbiy hodisalarga
yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab bo’lishi
mumkin (29-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: