Reja: Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi


Psixologning psixometrik tayyorgariligiga talablar


Download 270.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.04.2023
Hajmi270.35 Kb.
#1356567
1   2   3   4   5
Bog'liq
TEST TUZISHNING ASOSIY BOSQIC0LARI

Psixologning psixometrik tayyorgariligiga talablar
Bugungi kunda amaliy psixodiagnostikani samarali rivoj- 
lanitirish uchun o‘lchovchi (tekshiruvchi) psixodiagnostik metodi- 
kalardan foydalanuvchi barcha psixologlar psixometrik madani- 
yatini keskin tarzda ko‘tarish talab etiladi. Barcha psixologlar 
testlarni qayta standartlashtirish metodlarini, ishonchlilik va 
validlikni tekshirishning oddiy usullarini bilishi lozim.
Bugungi 
kungacha o‘zini 
klinik metodlar sohasidagi 
mutaxassis deya hisoblovchi va o'zini test o'tkazish bo'yicha 
mutaxassis deb o‘ylovchi psixologlaming to‘la oqlanmagan (hattoki 
qarama - qarshi) bo‘linishi saqlanib kelmoqda. Ammo real amaliy 
vaziyatlarda ushbu metodlar birikmasi talab etiladi. Klinik, dialogik 
metodlar ma’lum sohaning boshlang‘ich bosqichlari uchun shuning 
uchun zarurki, psixolog psixodiagnostika predmeti haqida yaqqol 
sermazmun tasavvur hosil qila olishi lozim. Ular shuningdek, 
individuallashgan yondashuv talab etuvchi alohida bahsli vaziyatlar 
uchun ham zarur. Ammo psixologdan tezkor, ommaviy tadqiqotlar 
o‘tkazish talab etiladigan vaziyatlarda, u bir qator standartlashgan, 
o'lchovchi metodikalarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bu 
holatda ba’zi turdagi metodikalarni tanlab olish uchun psixometrik 
bilimdonlik talab etiladi: qaysi turdagi psixometrik me’yorlar bilan 
tekshirilishi noma’lum bo lgan metodikalardan foydalanish mumkin 
emas.
Psixologlaming umumiy psixometrik bilimdonligi mutaxas­
sislar orasida maxsus turdagi - psixodiagnostikaning psixometrik 
ta’minoti bilan professional tarzda shug'ullanuvchi mutaxassislami 
ajratishni mustasno qilmaydi. Shu sababli normativ talablaming ikki
77


- psixologlar va psixolog - psixometristlar uchun ro‘yxatini keltirib 
o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Psixologga talablar:
1. Psixolog psixodiagnostika bo‘yicha metodik adabiyotlardagi 
psixometrik hujjatlarni mahorat bilan saralab ola bilishi, test 
yaratuvchilar uning qanday psixometrik xususiyatlarini ko‘rsatishi 
lozimligini, bu psixometrik xususiyatlar bir tomondan test turiga, 
boshqa tomondan esa uning aktual vazifasiga qay darajada mos 
kelishini bilishi lozim. Misol uchun, oldini olish ahamiyatini 
prognozlash uchun testdan foydalanish zarurati yuzaga kelsa - yu
prognostik validlik tekshiruvi haqida dalillar bo'lmasa, testni ushbu 
vazifa uchun yaroqli deb bo‘Imaydi.
2. Psixolog talab qilinayotgan metodika bo‘yicha ma’lum test 
normalari bu vaziyatda ishtirokchilar kontingenti va diagnostik 
vaziyat tipini hisobga olgan holda qay darajada qoilashga 
yaroqliligini, “ichki madaniy ko'chish” vaziyat mavjud yoki 
yo‘qligi va test normalarini qayta standartlashtirish ehtiyojini to‘g‘ri 
aniqlay olishi lozim. Zarur holatlarda psixolog test ballarini 
taqsimlanishini tuzgan va qayta tahlil qilgan holda, qayta 
standartlashtirishni m ustaqil, amaliy jihatdan o‘tkaza bilishi lozim.
3. Psixolog mustaqil tarzda ma’lumotlar to‘p3ashi, korrel- 
yatsion qayta ishlov o‘tkazishi va empirik validlik - qo‘yilgan 
mezon bo‘yicha metodika samaradorligini tekshira olishi lozim. 
Zarur holatlarda psixolog mezoni ma’lumotning operatsional 
indikatorlarini mustaqil tarzda aniqlashtira olishi kerak.
4. Psixolog natijalardagi haddan ortiq xatolami, metodikaning 
zaruriy ishonchlilik darajasidagi xatoliklami mustaqil tarzda 
aniqlashi va buning natijasida o‘z gipotezasini statistik jihatdan 
tekshirib ko'ra olishi lozim.
5. Psixolog albatta o‘z hujjatlarni ikki nusxada yuritishi lozim: 
u protokollaming barcha nusxalarini bosh metodik tashkilotga 
(ilmiy - tadqiqot yoki sohaviy) ma’lumotlaming umumiy zaxirasini 
to‘ldirish va metodikalar psixometrik xususiyatlarini mukammal- 
lashtirish uchun jo'natishga tayyor turishi lozim. Metodikaga 
kiritayotgan barcha modifikatsiyalarida (instruksiyalar shakllan- 
tirish, alohida savollar, ko‘rsatmalar davomiyligi) psixolog asosiy 
metodik tashkilotdan rozilik olishi kerak, negaki joylardagi xilma -
78


xil xususiy modifikatsiyalar olinayotgan natijalaming psixometrik 
aniqligida xatoliklar keltirib chiqarishi, maxsus sharoitlarga mosla- 
sha oladigan va zaruriy psixometrik xususiyatlarga ega modifi­
katsiyalar yaratishni tezlashtirmasdan, balki aksincha sekinlash- 
tirishi mumkin. Qo‘yilgan metodik standartlarga astoydil rioya 
qilish - psixolog psixometrik madaniyatining zaruriy atributlaridan 
biridir.
6. Psixolog mustaqil tarzda sinaluvchi tomonidan test ma’lu- 
motlarining falsifikatsiya qilinishi bilan bog'Iiq bo'lgan motivatsion 
buzilishlar darajasini aniqlay va o‘lchay olishi, ishonchsiz protokol- 
lami sipolik bilan saralay bilishi, guruhiy psixodiagnostikadagi om- 
maviy natijalar uchun ishonchlilikning maqbul darajasi muvaffa- 
qiyatlarini statistik qayd eta olishi lozim.
7. 
Psixolog 
testlaming 
qo‘shimcha 
ko‘rsatkichlarini, 
shuningdek turli - tuman sonli axborotlaming agregirovatsiyasini 
talab etuvchi integral ko‘rsatkichlarini murakkab miqdoriy hisoblash 
usullarini egallagan bo‘lishi lozim. U kompyuterda hisoblash 
ishlarini olib bora olishi uchun dasturchi (yoki psixolog - 
psixometrist) ishlarini ham bajara olishi zarur.
Psixolog - psixometrist qila olishi lozim:
1. Psixodiagnostik metodikalar loyihasini tuzish va ulami 
moslashtirishning barcha bosqichlarini mustaqil tarzda rejalashtirish 
va amalga oshirishni: testning alohida punktlari bo'yicha validlik 
va ishonchlilik darajasini tekshirish, ishonchsiz va novalid 
punktlami chiqarib tashlash, test ballari taqsimotini yaratish va tahlil 
qila olish, prognozlash uchun matematik tenglamalar va aniqlash 
uchun “hal qiluvchi qoidalar” yaratishni uddalay olishi;
2. Psixodiagnostik ma’lumotlami kompyuterda yaratishi va 
saqlashi, kompyuteming standart operatsion tizimlari bilan ishlash 
ko‘nikmalariga ega boiishi, psixodiagnostikada qo‘llaniladigan 
m a’lumotlar bazasini tushunishi va ma’lumotlar bazasini boshqara 
olishi lozim.
3. Qoilanilayotgan metodikalarni hujjatlarga qayd etish 
bo‘yicha psixolog - psixodiagnost ishlarini metodik standartlarga 
rioya qilgan holda bajara olishi hamda natijalaming psixodiagnostik 
informatsiyalar bazasiga integratsiyasini ta’minlab borishi zarur;
79


4. 
Ma’lum hudud doirasida (psixologik xizmat sohasi 
bo‘yicha) metodikalarni psixometrik ta’minlanganlik darajasi 
bo‘yicha ierarxiyalagan holda metodikalar kartotekasini tutishi, 
standartlashgan metodikalardan foydalanish bo‘yicha metodik 
tavsiyalar va metodik qoilanmalar kutubxonasini yuritishi kerak.

Download 270.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling