Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy
2.2.
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot kо‗rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat kо‗rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini ifodalasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular о‗zaro farqlanadi. Bugungi kunga kelib milliy hisobchilik tizimini qо‗llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot kо‗rsatkichi asosiy makroiqtisodiy kо‗rsatkich sifatida tan olinadi. Kо‗pgina iqtisodiy adabiyotlarda YAIMga ishlab chiqarilishda qо‗llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar, mamlakatning jug‗rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‗indisi deb ta‘rif berib kelingan. 1993 yilda BMT tomonidan qabul qilingan MHTning yangi talqiniga kо‗ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) tushunchasiga aniqlik kiritildi. Yangicha talqiniga kо‗ra: Rezident tushunchasi! YAIMning «ichki» deb atalishiga sabab, uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa о‗sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. Elchixonalar va harbiy bazalar о‗zlari tegishli bо‗lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bо‗lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YAIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‗rofiy hudud о‗rtasidagi farq deb qaraladi. Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо‗rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о‗zaro teng bо‗lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо‗rsatkichni hisoblashda о‗ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. YAIMni hisoblash shartlari: 1. YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatini, ular sotilgan yoki sotilmaganligiga qaramasdan о‗z ichiga oladi. 2. YAIM tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati orqali о‗lchanib, ular qiymat kо‗rsatgichida (sо‗m, frank, dollar, yevro, dinar, iyena, rubl va boshqa pul birliklarida) hisoblanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling