Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar


  YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi. 4


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana25.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1231206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy

3. 
YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi.
4. 
YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо‗yicha tushumlar kiritilmaydi. Masalan, davlat
va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan buyumlarni qayta sotishdan tushgan
tushumlar, qimmatli qog‗ozlarni sotishdan tushumlar... .
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan
pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat
Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy
hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bо‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug‘ullanadigan yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy
birliklar (korxonalar, uy xо‘jaliklari) rezident hisoblanishadi.


2.3.YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishning turli bosqichlarida qо‗shilgan qiymatlar yig‗indisi sifatida aniqlanadi.
YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bо‗lishi bilan birga uni hisoblashning
muhim shartiga amal qilish, ya‘ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot
qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini tо‗g‗ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar
va kо‗rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Kо‗pgina mahsulotlar
bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini о‗taydi. Shu sababli YAIMda
ayrim mahsulotlarni ikki va undan kо‗p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard
mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar
bahosi YAIMga qо‗shilmaydi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling