Reja: Muhit omillarining umumiy tasnifi 2


Download 33.34 Kb.
bet7/16
Sana25.11.2021
Hajmi33.34 Kb.
#177384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Bio 1 kurs.12 mavzu

Iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillardir. Ularga yorug‘lik, namlik, harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi va shamol tezligi kabi omillar kiradi.

Harorat ekologik omil sifatida tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin tutadi, hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning sodir bo‘lishi va tezligiga ta’sir qiladi. Tirik organizmlarning Yer shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-atvori, xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta rol o‘ynaydi.

Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi. Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.



Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.

Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy, fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan.




Download 33.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling