Reja Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi
O’zbekistonda milliy- ma’naviy-tiklanishga e’tiborning zaruriyati
Download 391.42 Kb.
|
MUSTAQILLIIK – BUYUK NE’MAT
2.O’zbekistonda milliy- ma’naviy-tiklanishga e’tiborning zaruriyati.
O ʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk, olamshumul voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi eʼlon qilinganining oʻttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Mustaqillik — huquq, imkoniyat va burch” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Jasur Qayumov mustaqillik buyuk neʼmat ekanligi, istiqlol yillarida koʻhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklanganligi, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusi yuragimizning tub-tubidan oʻrin olganligini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning ijod va hayot yoʻli haqida yigʻilganlarga qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Shoir oʻz soʻzida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida toʻxtalib, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlim xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotdan mamnunligini izhor etdi. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirilayotganligi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etilganligi, xalqimizning ogʻirini yengil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali yechish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilash barcha islohotlarimizning bosh maqsadi etib belgilanginligi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega xizmat binolarining qad koʻtarayotgani har bir ijodkor koʻnglini toʻlqinlantirishini aytib oʻtdi. Download 391.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling