Reja: Namunaviy mashqlarning ta’limda tutgan o‘rni va ahamiyati 2
So‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog‘lanib, gap hosil qiladi
Download 35.83 Kb.
|
7-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-mashq.
- Esda tut i ng.
- Savol va topshiriqlar
- 1-guruh uchun topshiriq
So‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog‘lanib, gap hosil qiladi.
Bu topshiriq yangi mavzuni tushuntirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun qoida tushuntirilishi jarayonida animatsiya bajariladi. Darsga yakun yasash va baholash. 1.Bugun darsda nimani o‘rgandingiz? 2.Nimalarni bilib oldingiz? 3.Gapda so‘zlarning bog‘lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur? Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi. Uyga vazifa berish. 262-mashq. Mazmuniga mos so‘zlarni savollar o‘rniga qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Bahorda (nimalar?) gullaydi. Qirda (nimalar?) ochiladi. Egatlarga (nimalar?) ekildi. Yaylovda (nimalar?) o‘tlaydi. Gap nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar tagiga chizing. 31-mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlang. Ularning boglanishini chizma yordamida ko‘rsating. Namuna: Biz maktabimizga shoirlarni taklif qildik. Kechaga Po‘lat Mo‘min, Tursunboy Adashboyevlar kelishdi. Ular bizga yangi she’rlaridan o‘qib berishdi. Esda tuting. Gapda so‘zlar o‘zaro bog‘lanib keladi. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi so‘roqlar yordamida aniqlanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar gapda bosh bo‘laklar bilan yoki boshqa ikkinchi darajali bo‘laklar bilan bog‘lanadi. Savol va topshiriqlar: So‘z birikmasini qanday so‘zlar tashkil etadi? Gapni so‘z birikmalariga ajratish usullari bilan tanishtiring. So‘z birikmasi ustida qanday ishlar olib boriladi? (so‘z birikmasi ma’nosini tushuntirish, o‘quv faoliyati jarayoni bilan bog‘liq holda uchragan yangi so‘z bilan so‘z birikmasi tuzish: masalan, so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzdirish). So‘z birikmasi va gap ustida ishlashning amaliy ahamiyatini tarmoqlash usulida yoriting. Kichik guruhlarda ishlash. 3 ta kichik guruhlar tashkil etiladi. 1-guruh uchun topshiriq: 2-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering. 2-guruh uchun topshiriq: 3-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering. 3-guruh uchun topshiriq: 4-sinfda so‘z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering. Har bir guruhning chiqishlarini baholash. Har bir guruhning faoliyatini talabalarning o‘zlari muhokama qiladi va baholaydi. Amaliy mashg‘ulot yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini eshitish va darsni yakunlash. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling