Rеjа: Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli


Vegetativ nerv sistemasining o’ziga xos xususiyatlari


Download 37.63 Kb.
bet7/15
Sana11.11.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1767325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Rеjа Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli-fayllar.org

Vegetativ nerv sistemasining o’ziga xos xususiyatlari.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar, qon tomirlari, yurak muskuli, terining silliq muskullari va bezlarni nerv bilan ta’minlaydi. Bu nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo'linadi.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi organlar funksiyalariga qarama qarshi ta’sir etadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta’sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me’da ichak yo'lining harakat funksiyalari susayadi, ko'z qorachig'i kengayadi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta’sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba’zi qon tomirlari kengayadi, me’da ichak yo'lining harakat funksiyalari ortadi, ko'z qorachig'i torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining ishini bosh miyaning turli sohalari va bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ham o'z navbatida bosh miya faoliyatiga ta’sir ko'rsatadi. Yangi tug’ilgan bolada yurak daqiqasiga 120-140 marta qisqaradi, yosh ortgan sari yurak qisqarishlari soni siyraklashadi.
Vegetativ nerv sistem asi ishining rivojlanishi harakatlarning rivojlanishiga bog’liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faoliyatiga, ovqat hazm qilinishiga, nafas olishga, siydik ajrahshiga, qon bosimi ortishiga sabab bo’ladi va hokazo. Ekstremal (favqulodda) sharoitda vegetativ nerv sitemasi tashqi ta’sirlarga javob berib, ayniqsa, turli emotsional reaksiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funksional holatini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Bunda yurak ritmi, nafas olish tezlashadi, ter ajrahshi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Bosh miya katta yarim sharlari.
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya qopqog‘i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko‘p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichld va pastki yuzasi bo'ladi.
Miya yarim sharlari katta egatchalarining: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha kabi bo'laklari bor. Silviyev egatchasi miya yarim sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka bo’lagini boshqalardan
ajratadi. Roland, ya’ni markaziy egatcha miya
yarim shariarining yuqori chetidan boshlanib,
o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi,
katta yarim shariaming peshona bo'limini
tepa bo'lagidan ajratib turadi. Shuningdek,
ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining
orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan bo'lib,
ensa bo'lagini tepa bo'lagidan ajratadi. Har qaysi
bo'lagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida
bir biridan ajraladi. Katta yarimshariarning orolcha
bo'lagi Silviyev yorig'ining chuqurligida yotadi,
peshona, tepa, chakka bo'laklar bilan o'ralib turadi.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling